2016 yil 4 sentabr kuni O`zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Abdug`aniyevich Karimovning porloq xotirasiga bag`ishlab "Xotirlash tadbiri” o`tkazildi.
Tadbirda qatnashdi: Gurlan tuman hokimi Q. Madrahimov, "Birlashgan” qishloq fuqarolar yig`ini raisi O. Masharipov, "Nukus” mahalla fuqarolar yig`ini raisi G. Jumaniyazov, 27 nafar o`qituvchi, 274 nafar o`quvchi, 28 nafar ota-ona.
1. O`zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Abdug`aniyevich Karimovning porloq xotirasiga bag`ishlangan Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 2-sentabrdagi 4-son majlis bayoniga 2-ilovadadagi namunaviy matn asosida maktab direktori Sh. Jumatov ma’ruza qildi. Ma’ruza davomida O`zbekiston Respublikasi mustaqilligining 25-yilligi arafasida maktabimiz mukammal ta’mirdan chiqarilgani, jahon andozalariga mos 12x24 m o`lchamli zamonaviy sport zali qurib bitkazilgani O`zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Abdug`aniyevich Karimovning yosh avlodga beqiyos darajada e’tiborining yaqqol namunasi ekanligini, O`zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Abdug`aniyevich Karimovning porloq xotirasi qalbimlarimizda abadiy saqlanib qolishini ta’kidlab o`tdi.
O`zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi o`qituvchi va o`quvchilar jamoasi tomonidan jonli ijro qilindi. Birinchi qo`ng`iroq chalinib, o`qituvchi va o`quvchilar maktab foyesida tashkil qilingan O`zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Abdug`aniyevich Karimovni xotirlash burchagiga gulllar qo`yib, ta’zim qilldilar.
1-sinfda o`qishni boshlash arafasida turgan o`quvchilar bilan uchrashgan tuman hokimi Q. Madrahimov ularning qiziqishlari bo`yicha savol-javob qilib, ularga Prezident sovg`alarini topshirdi. 1-sinf o`quvchilari sovg`a uchun minnatdorchilik bildirib "a’lo” baholarga o`qishga va’da berishdi.
Tuman hokimi Q. Madrahimov "Xotirlash tadbiri” ga kelgan ota-onalar bilan uchrashib O`zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Abdug`aniyevich Karimovning vafot etgani barchamizni chuqur qayg`uga solgani, u kishining Vatanimiz uchun qilgan buyuk xizmatlari haqida aytib o`tdi. Ota-onalar ham Prezidentimizning yoshu – keksa barchaga birday e’tiborda bo`lgani yurtimiz gullab-yashnagani, farzandlari talim olayotgan maktabning mukammal ta’mirdan chiqarilgani, sport zal qurib berilgani uchun minnatdorchilik bildirib, Prezidentimizning porloq xotirasi qalblarimizda abadiy saqlanib qolishini bildirdilar.