gurlan41.uz

«Kuch bilim va tafakkurda.»
I. A. Karimov
» » Maktabimizda 2015 yilning 10 fevralidan 2015 yil 10 martgacha “Harakat xavfsizligi oyligi” tadbiri munosabati bilan yig`ilish o`tkazildi

Maktabimizda 2015 yilning 10 fevralidan 2015 yil 10 martgacha “Harakat xavfsizligi oyligi” tadbiri munosabati bilan yig`ilish o`tkazildi

  Maktabda  2015 yilning 10 fevralidan 2015 yil 10 martgacha "Harakat xavfsizligi oyligi” tadbiri bo`yicha o`tkazilgan yig`ilish o`tkazildi.

Yig`ilish raisi:     Gurlan tumani 41- umumiy o`rta ta’lim maktabi direktori : Sh. Jumatov

Yig`ilish kotibi: 41-umumiy o`rta ta’lim maktabi direktori o`rinbosari: B. Kenjayev.

Yig`ilishda qatnashdi:  Gurlan tumani IIB yo`l harakati xavfsizligi guruhi katta inspektori,serjant D. Gulbayev, "Nukus” mahalla fuqarolar yig`ini raisi G. Jumaniyazov, 19 nafar o`qituvchi, 9 nafar ishchi-xizmatchi, jami 30 nafar  kishi qatnashdi.

                                     Kun tartibida:

 1.   2015 yilning 10 fevralidan 2015 yil 10 martgacha "Harakat xavfsizligi oyligi” tadbiri

                          Eshitildi:

 

      Kun tartibidagi masala yuzasidan Gurlan tumani IIB yo`l harakati xavfsizligi guruhi katta inspektori,serjant D. Gulbayev so`zga chiqib fuqarolar salomatligini yo`l transport hodisalari bilan bog`liq hodisalar oqibatida ziyon yetkazilishini oldini olish borasida Gurlan tumani hududida ham butun viloyat hududida o`tkazilayotganligi kabi 2015 yilning 10 fevralidan 2015 yil 10 martgacha "Harakat xavfsizligi oyligi” tadbiri o`tkazilayotgani, tadbirda barcha faol ishtirok etishini so`radi.Shuningdek, ota-onalar tomonidan farzandlarini maktabga dars jarayoniga qatnashishini nazorat qilishda o`qituvchilar bilan hamkorlik qilishlari kerakligini bildirdi. O`smirlar o`rtasida yo`l transport hodisalarining oldini olish maqsadida o`quvchilarni maktabda kelib ketishda amal qilishi kerak bo`lgan qoidalarga e’tiborni qaratib maktabga velosipedda keluvchilar ko`p ekanligi ularning velosipedlarida old va orqa yorug`lik qaytargichlar bo`lishi hamda velosiped haydash huquqiga ega yoshlar velosiped haydashlari to`g`risida, Gurlan –Guliston  yo`lidan  o`quvchilarning yo`lni kesib o`tishi bo`yicha ertalab va darslar tamom bo`lgandan keyin o`qituvchilar tomonidan navbatchiliklar tashkil qilinishi kerakligi, bolalar yo`lni faqat belgilangan joylarda kesib o`tishi kerakligi haqida gapirdi.

   Yuqoridagi masala yuzasidan "Nukus” mahalla fuqarolar yig`ini raisi G. Jumaniyazov, 41- umumiy o`rta ta’lim maktabi direktori  Sh. Jumatov so`zga chiqib o`quvchilar o`rtasida davomatning borishi haqida gapirib, bu yilgi o`quv yilini yaxshi yakunlash , yoshlarning o`qishdan bo`sh vaqtlarda to`garaklarga va sport seksiyalariga qatnashayotgani va ota-onlarning ko`magi natijasida bo`sh vaqtlari qolmasa voyaga yetmagan yoshlar orasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish ishlarimiz yaxshilangan bo`lar edi . Maktabda yo`l harakati qoidalari burchagi tashkil qilinganligi va o`quvchilarga shu asosda yo`l harakati xavfsizligi asoslari haqida tushuncha berib kelinayotgani qolaversa Gurlan tumani IIB xodimlari maktabda o`quvchilar bilan yo`l harakati xavfsizligi, o`smirlar o`rtasida yo`l-transport hodisalarining oldini olish suhbatlar tashkil qilayotgani haqida gapirib o`z so`zini yakunladi. 

 Yuqorida ko`rilgan masalalar yuzasidan yig`ilish qaror qiladi.

 Yig`ilish qarori:

 1.          Bolalar orasida yo`l transport hodisalarining oldini olish maqsadida Gurlan –Guliston yo`lidan  o`quvchilarning yo`lni kesib o`tishi bo`yicha ertalab va darslar tamom bo`lgandan keyin o`qituvchilar tomonidan navbatchiliklar tashkil qilinsin.

2.   Sinf rahbarlari  "Yo`l harakati qoidalari” mashg`ulotlari tarbiyaviy soatlarda sifatli, tegishli adabiyot va ko`rgazmali qurollardan foydalangan holda o`tkazilishini ta’minlasinlar.  

Kalit so'zlar:
Maktabimiz faxrimiz
Gurlan tumanidagi 41-son U.O`.T. maktabi.

Ko'p o'qilgan

Декабрь 2024 (3)
Ноябрь 2024 (1)
Октябрь 2024 (4)
Июнь 2024 (1)
Октябрь 2023 (2)
Сентябрь 2023 (2)

So'rovnoma

Qaysi fanlarga ko'proq qiziqarli? [?]