Tadbirda 271 nafar o`quvchi, 26 nafar o`qituvchi, 10 nafar ishchi-xizmatchi, 31 nafar ota-ona, Gurlan tuman IIB Voyaga yetmaganlar o`rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarlik profilaktikasi inspektori katta leytenant Dilmurod Qurbonboyev, tuman hokimiyatidan Rahimov Azimboy, "Nukus” mahallasi fuqarolar yig`ini raisi Jumaniyazov Gulmirza qatnashdi.
Tadbir ochiq deb e’lon qilinib, O`zbekiston Respublikasi Davlat bayrog`i ko`tarildi, madhiya ijro qilindi.
Maktab direktori Sh. Jumatov yig`ilganlarni bayram bilan tabriklab, 2015 – 2016 - o`quv yili bilan qutlab, yangi o`quv yilida o`quvchilarga puxta bilim olishlari, bilimlar bellashuvlarida yuqori natijalarni ko`rsatib o`qishlarini muvaffaqiyatli davom ettirishlarini tiladi.
Tadbirda 9-sinf o`quvchisi O`razmetova Yorqinoy boshlovchilik qildi va bayram ma’ruzasini o`qib eshittirdi.
Gurlan tuman IIB Voyaga yetmaganlar o`rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarlik profilaktikasi inspektori katta leytenant Dilmurod Qurbonboyev, tuman hokimiyatidan Rahimov Azimboy, "Nukus” mahallasi fuqarolar yig`ini raisi Jumaniyazov Gulmirza ustoz va o`quvchilarni bayram bilan tabrikladilar.
Maktab badiiy havaskorlik guruhi ijrosida mustaqillikni, vatanimizni madh etuvchi she’rlar ijro qilindi.
Mamlakatimiz prezidenti tomonidan 1-sinf o`quvchilariga taqdim qilingan 22 nomdagi o`quv qurollari topshirildi.
1-sinfga qabul qilingan o`quvchilardan eng faoli tomonidan "Birinchi qo`ng`iroq” chalindi.
Tadbirni maktab direktori Sh. Jumatov yopiq deb e’lon qildi.