23 sentabr 2017 yil "Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida yig`ilish o`tkazildi.
Yig`ilishda ishtirok qildi: Gurlan tuman bosh imom xatibi Habibullayev Mahmudjon, "Nukus” mahalla fuqarolar yig`ini raisi G. Jumaniyazov, maktab direktori Sh. Jumatov, 6 nafar o`qituvchi, 59 nafar 9,10 sinfning o’quvchilari.Jami 68 kishi.
Kun tartibi:
1. Jaholatga qarshi ma’rifat
Eshitildi:Yuqoridagi masala yuzasidan Gurlan tuman bosh imom xatibi Habibullayev Mahmudjon o`zining "Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusidagi ma’ruzasi bilan qatnashdi. U o`zining ma’ruzasida jaholat nima ?, ma’rifat nima? savollariga javob berib, bugungi kunda dunyoda bo`layotgan yovuzliklar haqida ma’lumot berib, jumladan islom dinini niqob qilib urush qilayotgan ayrim diniy ekstremistik guruhlar va ularning asl niyatlari haqida gapirib o`tdi. O`quvchilarni odob-ahloq qoidalariga rioya qilishga, hozirgi zamon ilm-u ma’rifati bilan tanishishga, bilim olishga va O`zbekistonning buyuk kelajagini qurishda faol ishtirokchiga aylanishga chaqirdi.
Yuqoridagi masala yuzasidan muzokaralarda maktab direktori Sh. Jumatov qatnashib o`quvchilarni maktabda tashkil qilingan fan va sport to`garaklarida faol qatnashishlarini so`radi. "Nukus” mahalla fuqarolar yig`ini raisi G. Jumaniyazov o`quvchilarni ko`chada, mahallada yurish odob-ahloq qoidalariga amal qilishga, har turli o`tirishlar tashkil qilmaslikka, to`y va marakalarga faqat ota-ona nazorati ostida darsdan tashqari vaqtda qatnashib, asosiy e’tiborni ilm olishga qaratishni aytib o`tdi.
Yig`ilish qarori:
1.Maktabda sinf rahbarlari tomonidan "Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida suhbatlar, rasm, insho tanlovlari tashkil qilinsin;
2 Tanlovda g`olib bo`lgan o`quvchilar maktab ma`muriyati tomonidan faxriy yorliq bilan taqdirlansin;
3. Yuqoridagilarning ijrosini nazorat qilish maktab MMIB director o`rinbosari B. Kenjayevga yuklatilsin.