gurlan41.uz

«Kuch bilim va tafakkurda.»
I. A. Karimov
» » “Yoshlar o`rtasida huquqbuzarlik, jinoyatchilikning oldini olish”, “Diniy ekstremizm va terrorizm – yoshlar kelajagiga tahdid solmasin” mavzularida yig`ilish o`tkazildi.

“Yoshlar o`rtasida huquqbuzarlik, jinoyatchilikning oldini olish”, “Diniy ekstremizm va terrorizm – yoshlar kelajagiga tahdid solmasin” mavzularida yig`ilish o`tkazildi.

 

Gurlan tumani 41- umumiy o`rta ta’lim maktabida  "Yoshlar o`rtasida huquqbuzarlik, jinoyatchilikning oldini olish”, "Diniy ekstremizm va terrorizm – yoshlar kelajagiga tahdid solmasin” mavzularida o`tkazilgan yig`ilish

 

 

                                     B A Y O N N O M A S I

 

 

2015 yil 23 may                                                    41-maktab

Yig`ilish raisi:     Gurlan tumani 41- umumiy o`rta ta’lim maktabi direktori Jumatov Shuhrat

Yig`ilish kotibi: Maktab MMIB direktor o`rinbosari: B. Kenjayev

Yig`ilishda  qatnashdi:   "Nukus” mahalla fuqarolar yig`ini raisi G. Jumaniyazov, maslahatchi O. O`razmetova, tuman "Salomatlik markazi” mutaxasisi A. Abdullayev, 12 nafar pedagog, 6 nafar ishchi-xizmatchi, 43 nafar ota-ona.

 Yig`ilish o`tkazilgan joy: 41-  umumiy o`rta ta’lim maktabi kirish qismi.

 

                                    Kun tartibida:

 

1.     "Yoshlar o`rtasida huquqbuzarlik, jinoyatchilikning oldini olish”, "Diniy ekstremizm va terrorizm – yoshlar kelajagiga tahdid solmasin” mavzularida ma’ruza.

2.     "Yoshlar o`rtasida huquqbuzarlik, jinoyatchilikning oldini olish”da Oila, mahalla, maktab hamkorligi

3.     Qizlar tarbiyasi haqida.

4.     Sog`lom turmush tarsi haqida.

 

                         Eshitildi:

 

     Kun tartibidagi 1-masala yuzasidan maktab direktori Sh. Jumatov ma’ruza qildi: Bugungi kunda o`quvchi yoshlar tarbiyasi – eng dolzarb masalalardan biridir. Yoshlar ularga yaratilgan imkoniyatlardan to`g`ri foydalanib, asosiy e’tiborni ilm olishga qaratishi kerak. Bugunning yoshlari axborot texnologiyalarini yaxshi o`zlashtirgan. Lekin undan hamma yoshlar ham to`g`ri foydalanmayapti. Afsuski shunday yoshlar borki, telefon orqali har xil internet saytlarga kirib, pornografiya, ur-yiqit, buzg`unchilik ruhidagi diniy ekstremistik mahsulotlarini olib tomosha qilmoqda. Bu esa ularning ma’naviyatiga jiddiy zarba bo`ladi. Shuning uchun mobil aloqa vositalaridan farzandlarimiz tog`ri foydalanishlarini qattiq nazoratga olishimiz kerak. Farzandlarimizning uylarda shaxsiy kutubxonalarini tashkil etish, ularga milliy va jahon adabiyotiga talluqli badiiy kitoblar olib berishimiz kerak. Bolalar bilan kitoblardan olgan taasurotlari haqida o`rtoqlashilsa yaxshi bo`lardi. 9-sinf o`quvchilari bilan so`rovlar o`tkazilib, qaysi KHK yoki AL ga borishi aniqlandi. Ularning o`qishning keying bosqichida o`qishlarini muvaffaqiyatli davom ettirishlarida ota-onalar ma’sulligiga to`xtalindi.  

    Kun tartibidagi 2-masala yuzasidan "Nukus” mahalla fuqarolar yig`ini raisi G. Jumaniyazov Yoshlar o`rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olishda oila, mahalla, maktab hakorligiga to`xtalib, jumladan shunday dedi: Bugungi kunda yurtimiz, mahallamiz tinch, osoyishta. Shunday bo`lsada har doim ogoh bo`lishimiz kerak. Farzandlarimiz oilada tarbiya oladi, maktabda ta’lim bilan birgalikda tarbiya oladi. Huquqbuzarlikni ko`chada o`rganadi. Shuning uchun o`quvchilar darsdan kelgandan keyin nazoratsiz qolmasligi, ulardan qanday vazifa berilganligi, uy vazifalarini bajarilishini nazorat qilib borilishi kerak. Ko`chada u kim bilan do`stlashyapti, bundan ham ogoh bo`lishimiz, farzandlarimiz tarbiyasiga, ilm olishiga befarq bo`lmasligimiz kerak. Mobil aloqa vositalaridan o`quvchilarning maktabda foydalanmasliklari, uyda ham faqat ota-ona nazorati ostida foydalanishi, ularning ma’naviyatiga zarar yetkazadigan har xil filmlar, o`yinlardan ehtiyot qilish kerakligi haqida  aytib o`tdi. 

       Kun tartibidagi 3-masala yuzasidan "Nukus” mahalla fuqarolar yig`ini diniy-ma’naviy ishlar bo`yicha maslahatchi O. O`razmetova bugungi kunda qizlar tarbiyasi – eng muhim masala ekanligiga yig`ilish qatnashchilari e’tiborini qaratib, qizlarning tor kiyim kiyishlari, kalta yubkada yurishi, ichki ko`ylaklari ko`rinib turadigan yupqa ko`ylaklar kiyishi bizning milliyligimizga to`g`ri kelmasligi, qizlarimiz iboli, hayoli qizlar bo`lib voyaga yetishi, ertaga shu qizni men kelin qilaman deyilishi uchun qizlarimizning shu jihatlariga e’tibor qaratilsa, ularning kasb-hunarli bo`lishi uchun maktablarda, kollejlarda yaratilgan imkoniyatlardan foydalansalar yaxshi bo`lardi.

      Kun tartibidagi 4-masala yuzasidan tuman "Salomatlik markazi” mutaxasisi, TSM vrachi A. Abdullayev sog`lom turmush tarzi haqida tushuncha berib, yana o`ta yuqumli kasalliklar: quturish, Qrim-Kongo gamorragik isitmali kasalliklari belgilari, yuqishi, shu kasalliklarga chalinganda nima qilish kerkligi haqida gapirib o`tdi.

     Yuqoridagi masalalar yuzasidan muzokaralarda X. Xalillayev, B. Kenjayev, F. Allaberganova  o`z fikr-mulohazalarini bildirdilar.         

 

Yig`ilish qarori:

 

1.      O`quvchi-yoshlarning mobil aloqa vositalaridan maktabda foydalanmasliklari sinf rahbarlari tomonidan  , uylarda foydalanilganda tog`ri foydalanilishi ota-onalar tomonidan qattiq nazoratga olinsin.

2.     Yozgi ta’til davrida o`quvchilar yo`l harakati qoidalari, texnika xavfsizligi qoidalari,  suv havzalarida cho`milish qoidalari, yovvoyi va uy hayvonlari bilan muomalada ehtiyotkor bo`lish qoidalariga amal qilishi ota-onalar tomonidan nazoratga olinsin.

3.     Sinf rahbarlari, mahalla faollari tomonidan otasi va onasi chet elga ishlashga ketgan bolalar nazorati kuchaytirilsin, ularning yurish turishi, odob-ahloqi, yozgi to`garak mashg`ulotlariga jalb qilinsin.

4.     Yuqoridagilarni nazorat qilish  maktab huzuridagi voyaga yetmaganlar ishlari bo`yicha muvofiqlashtiruvchi kengash raisi , maktab direktori  Jumatov Shuhratga yuklatilsin.

 

 

Kalit so'zlar:
Maktabimiz faxrimiz
Gurlan tumanidagi 41-son U.O`.T. maktabi.

Ko'p o'qilgan

Декабрь 2024 (3)
Ноябрь 2024 (1)
Октябрь 2024 (4)
Июнь 2024 (1)
Октябрь 2023 (2)
Сентябрь 2023 (2)

So'rovnoma

Qaysi fanlarga ko'proq qiziqarli? [?]