gurlan41.uz

«Kuch bilim va tafakkurda.»
I. A. Karimov
» » Madhiya qabul qilinganligining 24 yilligi

Madhiya qabul qilinganligining 24 yilligi

10/XII-2016 yilda "10 dekabr –O`zbekiston Respublikasi Madhiyasi qabul qilingan kun”ga bag`ishlangan tadbir o`tkazildi.  Tadbirda 143 nafar o`quvchi, 13 nafar o`qituvchi, 4 nafar ishchi – xizmatchi qatnashdi

Tadbir ochiq deb e’lon qilinib, O`zbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasi ijro qilindi.

Barcha sinf o`quvchilari xo`r bo`lib Davlat Madhiyasini aytishdi. O`qituvchilar, ishchi – xizmatchilar Davlat Madhiyasini qo`shilib aytishdi. O`qituvchilarning ham madhiyani qo`shilib aytishi o`quvchilarga ijobiy ta’sir etdi.

Davlatimiz bayrog`ini ko`tarib, madhiyani aytish o`quvchilarning Ona- Vatanga bo`lgan mehr-muhabbatini mustahkamlaydi.

Maktab direktori Sh. Jumatov yig`ilganlarni bayram bilan tabriklab, o`quvchilarga madhiyaning qabul qilinishi, uning Vatanimiz bugungi kunida tutgan o`rni haqida gapirdi.

Maktab yetakchisi D. Nurmetova  bayramga bag`ishlangan ma’ruzani o`qib berdi. Jumladan ma’ruzachi madhiyamiz qabul qilinganiga 24 yil to`lganligi, O`zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasini yozgan shoir Abdulla Oripov she’rida jonajon O`zbekistonimizning haqiqiy kelajagi buyukligini to`la ifodalab bergan. Bu she’r har bir o`zbekning, har bir bir O`zbekiston fuqarosi qalbida mustahkam o`rin olgan. Bugungi kunda madhiyamiz dunyoning turli burchaklarida hamyurtlarimiz sharafiga yangrayotganligiga to`xtalib o`tdi.

Maktab direktori  Sh. Jumatov tadbirni yopiq deb e’lon qildi.

 







Kalit so'zlar:
Maktabimiz faxrimiz
Gurlan tumanidagi 41-son U.O`.T. maktabi.

Ko'p o'qilgan

Октябрь 2023 (3)
Сентябрь 2023 (2)
Июнь 2023 (1)
Май 2023 (3)
Апрель 2023 (1)
Март 2023 (1)

So'rovnoma

Qaysi fanlarga ko'proq qiziqarli? [?]