gurlan41.uz

«Kuch bilim va tafakkurda.»
I. A. Karimov
» » Bugun mamlakatimizning barcha hududlarida Navro‘zoldi umumxalq xayriya hashari o‘tkazilmoqda.

Bugun mamlakatimizning barcha hududlarida Navro‘zoldi umumxalq xayriya hashari o‘tkazilmoqda.

Hamjihatlik va mehr-oqibat ifodasi

Bugun mamlakatimizning barcha hududlarida Navro‘zoldi umumxalq xayriya hashari o‘tkazilmoqda.

Shaharu qishloqlarda, mahallalar, mehnat jamoalarida erta tongdan hasharga chiqqan yurtdoshlarimiz hamjihat bo‘lib, hovli-joylar, ko‘p qavatli uylar atrofi, ko‘cha va guzarlar, ariq-zovurlarni tozalash, tabarruk qadamjolar va qabristonlarni obodonlashtirishga kirishdi.

Hashar – xalqimizning azaliy qadriyatlaridan. Uning zamirida o‘zaro mehr-oqibat, xayr-saxovat, hamjihatlik, insonparvarlik, shukronalik, obodlik, bunyodkorlik kabi ezgu g‘oyalar mujassam. Bunday qadriyatlar bugungi kunda ham inson kamoloti va jamiyatimiz taraqqiyotiga xizmat qilayotir.

Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida mustaqillik yillarida milliy urf-odatlarimizni asrab-avaylash va rivojlantirish jarayonida ushbu qadimiy udumimiz yangicha mazmun-mohiyat kasb etmoqda. Bayramlarimiz arafasida umumxalq hashari o‘tkazish orqali yurtimizning barcha go‘shalarini obodonlashtirish, bog‘lar, yashil hududlarni kengaytirish ishlari amalga oshirilayotir. Mahallalarda zamonaviy bolalar o‘yin maydonchalari, sport-sog‘lomlashtirish maskanlari barpo etilmoqda, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qismi har tomonlama qo‘llab-quvvatlanmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 6 martdagi farmoyishiga muvofiq joriy yilning mart-aprel oylarida mamlakatimizda e’lon qilingan Obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish oyligi bu boradagi ishlarni yanada yuqori bosqichga ko‘tarishda muhim omil bo‘layotir.

Hashar davomida to‘plangan maishiy chiqindilarni tashib ketish uchun texnika va transport vositalari jalb etilgan.

"Mahalla” xayriya jamoat fondi Toshkent shahar bo‘limidan ma’lum qilishlaricha, poytaxtimizdagi mahallalarda bayram arafasida qator savdo, sport-sog‘lomlashtirish, maishiy xizmat ko‘rsatish inshootlarini foydalanishga topshirish ko‘zda tutilgan.

– Mahallamizda yirik sport majmuasi barpo etilmoqda, – deydi Hamza tumani "Katta Yangiobod” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Komil Ziyomuhamedov. – Navro‘z arafasida foydalanishga topshiriladigan ushbu inshootning so‘nggi pardozlash ishlarida hasharchilar ham faol ishtirok etayotir. Mazkur majmuada bittadan ochiq va yopiq stadion, sport zali bor. Kelgusida bu erda sportning turli yo‘nalishlari bo‘yicha to‘garaklar faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. Farzandlarimiz darsdan bo‘sh vaqtlarida sportga jalb etiladi.

Hashar munosabati bilan jamoat tashkilotlari hamkorligida joylarda qator ekologik aktsiyalar tashkil etilmoqda. O‘zbekiston Ekologik harakati va "Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati hamkorligida poytaxtimizdagi "Anhor” kanali va unga tutash hududlarda ekohashar uyushtirildi. Unda deputatlar, Ekoharakat, "Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati va mahalla faollari, san’atkorlar, yoshlar ishtirok etdi.

Ushbu tadbirdan maqsad yoshlarda ekologik madaniyatni yuksaltirish, istirohat bog‘lari, dam olish maskanlari va boshqa jamoat joylarida ozodalikni ta’minlash, tevarak-atrof musaffoligini saqlashdan iborat.

Joylarda "Yurtimni obod etaman” aktsiyasi doirasida "Har bir yoshga bir nihol” loyihasi, qabristonlar va ziyoratgohlarni obodonlashtirish tadbirlari amalga oshirilmoqda.

Manbaa: O‘zA, Bahor Xidirova
Kalit so'zlar: navroz xashar xayriya
Maktabimiz faxrimiz
Gurlan tumanidagi 41-son U.O`.T. maktabi.

Ko'p o'qilgan

Октябрь 2023 (3)
Сентябрь 2023 (2)
Июнь 2023 (1)
Май 2023 (3)
Апрель 2023 (1)
Март 2023 (1)

So'rovnoma

Qaysi fanlarga ko'proq qiziqarli? [?]