gurlan41.uz

«Kuch bilim va tafakkurda.»
I. A. Karimov
» » Navro‘z insonlarni yaqinlashtiradi

Navro‘z insonlarni yaqinlashtiradi

Navro‘z ayyomi arafasida mamlakatimizdagi barcha milliy madaniyat markazlarida bayram tantanalariga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rilmoqda.

Yurtimizda istiqomat qilayotgan barcha millat vakillari Navro‘z bayramini har yili keng nishonlaydi. Ushbu umumxalq ayyomiga tayyorgarlik ishlari bu yil Prezidentimiz Islom Karimovning 24 fevralda qabul qilingan "2014 yilgi Navro‘z umumxalq bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq amalga oshirilmoqda.

Turli madaniy tadbirlar, xalq sayllarida barcha millat va elat vakillari ishtirok etmoqda.

Bugungi kunda mamlakatimizda 130 dan ortiq millat va elat vakillari ahil-inoq yashamoqda. Ularning o‘ziga xos madaniyati, an’ana va urf-odatlarini saqlash va rivojlantirish uchun barcha sharoit yaratilgan. Mustaqilligimizning dastlabki yillarida davlatimiz rahbari tashabbusi bilan tashkil etilgan Respublika Baynalmilal madaniyat markazi 140 dan ziyod milliy madaniyat markazlari faoliyatini muvofiqlashtirib, ularni qo‘llab-quvvatlamoqda, yoshlarni Vatanga muhabbat, istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash, jamiyatimizda do‘stlik va totuvlikni mustahkamlashga ko‘maklashmoqda.

Mamlakatimizdagi Koreys madaniyati markazlari uyushmasi raisi Viktor Pakning ta’kidlashicha, O‘zbekistonda ko‘p millatli va madaniyatli jamiyat shakllanib, unda barcha millat va elat vakillarining iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va ma’naviy rivojlanishi uchun teng imkoniyatlar yaratilgan.

Koreys millatining o‘ziga xos madaniyati va an’analarini saqlash hamda rivojlantirish uchun mamlakatimizning barcha hududlarida koreys madaniyati markazlari faoliyat yuritmoqda. Ularda koreys tili, madaniyatini o‘rganish bo‘yicha kurslar tashkil qilingan, an’anaviy raqs va ashulachilik, milliy jang san’atlaridan saboq berilayotir.

Mamlakatimizdagi koreys madaniyati markazlari Navro‘z bayramiga bag‘ishlangan tantanalarda faol ishtirok etib kelmoqda. Raqs dastalari va musiqa ansambllari madaniy tadbirlar, xalq sayllarida koreys tilida qo‘shiqlar ijro etmoqda. Bunday badiiy jamoalarning madaniyat saroylari va mahallalarda o‘z san’atini namoyish etishi an’anaga aylangan. Poytaxtimizning Mirzo Ulug‘bek tumanidagi Katta Qorasuv mahallasida shunday tadbir bo‘lib o‘tadi.

Abdulla Qahhor nomidagi madaniyat saroyida ham kontsert dasturi namoyish etiladi. Unda Uchtepa tumanidagi koreys madaniyati markazining badiiy jamoalari ishtirok etadi.

Manbaa: O‘zA, Roman Bondarchuk
Kalit so'zlar: navroz maktab
Maktabimiz faxrimiz
Gurlan tumanidagi 41-son U.O`.T. maktabi.

Ko'p o'qilgan

Декабрь 2024 (3)
Ноябрь 2024 (1)
Октябрь 2024 (4)
Июнь 2024 (1)
Октябрь 2023 (2)
Сентябрь 2023 (2)

So'rovnoma

Qaysi fanlarga ko'proq qiziqarli? [?]