SHUKRONA
Yurtimiz tinch, qilamiz shukr,
Imkoniyatlar bari mujassam.
Birdamligimizga yetmasin putur,
Vatanni asrashga ichganmiz qasam.
Sarhadlari mustahkam , o`g`lonlari mard,
Vatan tinchligi deb tikishgan jonni.
Agarda yov kelsa, yurtga bostirib ,
Mardlari bermaydi yovga maydonni .
O`qituvchi maktabda beradi ta`lim,
Barkamol yoshlarni tarbiyalaydi.
O`quvchi – chun otaday ulug`,
Bolam ,deya uning boshin silaydi.
Bog`bonlari ko`plab o`stirar nihol,
Niyatlari ulkan bog` barpo etish.
Bog`in mevalarin ulashib xalqqa
Bozor rastalarin ko`rkam bezatish.
Dehqonbobo erta tong turib,
Dala tomon odimlar asta.
Bug`doy, sholi, paxta o`stirib,
Xalqning to`qligiga ko`ngli payvasta.
Cholg`ularin chalib, kuylar xalqini ,
Ko`nglidagi mehr nuri so`nmaydi .
Ularning kuyida bordir muhabbat,
Yurtga muhabbatsiz qo`shiq bo`lmaydi .
Yoshlar ta`lim olar o`rganar ilm
Dunyoga chiqishni qilgandir niyat
Niyatlari ushalib kelmoqda bugun
Xalqiga ulashar yaxshi kayfiyat .
"Obodlik ko`ngildan boshlanar” deya
Mahalla - yu ko`chalar toza, sarishta
Keksalarni e`zozlar mehribon deya
Keksalar bilganin ,bilmas farishta.
Aytganlarim bari haqiqat erur,
Kelib ko`rgan bilar, xalqim do`stona.
Keksa-yu yoshlari o’ylar xalqini,
Xalqin tinchligiga qilar shukrona.