Gurlan tumanidagi 41–umumiy o`rta ta’lim maktabi jamoasi 2014-yilning 23 - dekabr kuni maktabda boshlang`ich sinf o`qituvchilari uchun seminar tashkil qildi. Unda tuman XTMFMTTEB metodisti Rayhon Xo`janiyozova, tajribali, yosh hamda mahoratli o`qituvchilar ishtirok etdi. Seminarda maxsus kun tartibi belgilab olindi. Shu tartib bo`yicha trening olib borildi. Seminar "Zamonaviy ko`rgazmali qurollar, ilg`or pedagogik texnologiyalardan foydalanib dars o`tishni o`rgatish va o`rganish” mavzusida bo`lib o`tadi. Unda "Mahorat maktabi” dasturi va uning amaldagi ko`rinishi; "O`rgan- o`rgat” tadbirining ta`lim jarayonidagi ahamiyati; o`qituvchi odobi va kiyinishi; ta`limda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining o`rni va undan boshlang`ich sinflarda foydalanish haqidagi masalalarga chuqurroq to`xtaldi. Bularning amaliy isbotini bilish maqsadida boshlang`ich sinf o`qituvchilarining dars jarayoni kuzatildi.
Ижод бўстонига эндигина кириб келаётган 9-синф битирувчиси
Асалой Аматованинг шеърларини ўқир экансиз, муаллифнинг истеъдод эгаси, шеърларининг мазмундорлиги, ҳар бир мисранинг тархи тоза эканлиги сезилиб туради. Рисола Сизда илиқ таассурот қолдиради, деб ўйлаймиз