Yo`l hamisha tasodiflarga to`la. Lekin afsuski, har qanday tasodifning oxiri yaxshilik bilan yakunlanavermaydi. Ayrim tasodiflar natijasida ba`zilar jisman ba`zilar ruhan majruh bo`lib qoladilar. Har yili yo`l transport hodisalari natijasida ko`plab bolalar shikastlanib, nobud bo`lishyapti. Yo`ldagi har qanday hodisa o`z-o`zidan sodir bo`lmaydi. Bularning asosiy sababchilari yo`l qoidasini bilmaydigan yoki amal qilmaydigan yo`lovchi va haydovchilardir.
Shu yilning 10- fevralidan 10- martigacha "Harakat xavfsizligi oyligi” deb e`lon qilingan edi. Shu munosabat bilan joylarda yo`l harakati qoidalari bo`yicha suhbatlar, tushuntirish ishlari, turli tadbirlar o`tkazilyapti. Gurlan tumanidagi 41- maktabda ham 6-mart kuni 3-sinf o`quvchilari tomonidan "Harakat xavfsizligi oyligi” ning yakuni sifatida "Yo`l qoidasi - umr foydasi” deb nomlangan tadbir bo`lib o`tdi. Tadbirda o`quvchilar yo`l, chorraha, ko`cha nima o`zi degan savollarga javob berishdi. Yo`l belgilari haqida she`riy ma`lumotlar aytishdi. Zamonaviy mashinalar haqida she`rlar, maxsus avtomashinalar haqida esa ma`lumotlar berildi. Baxtsiz hodisalarning sabablari hamda ularning oldini olish qoidalarini tushuntirishdi. Tadbir yakunidan oldin maktab o`quvchilariga savollar berildi va javoblar to`dirildi.