gurlan41.uz

«Kuch bilim va tafakkurda.»
I. A. Karimov

Matematika kechasi

  

   «Fevral oyi – matematika, informatika fanlari oyligi”  munosabati bilan maktabda matematika kechasi o`tkazildi. Kechada maktabning 5-9-sinf o`quvchilari, ustozlar jamoasi ishtirok qildi. Kecha bayramona bezatilgan II-qavat foyesida o`tkazilib, unda 6 – sinf o`quvchilari O`rozboyeva Sadoqat, Tursunboyeva Iroda, Boboxo`jayeva Lobar boshlovchilik qildilar hamda o`zlari matematika fani, buyuk matematik bobolarimiz haqida, ularning ijodiy ishlari haqida ma’lumotlar berdilar va kechani boshqarib borishdi.  Kecha davomida matematikani madh qiluvchi, buyuk matematik bobolarimizga bag`ishlangan she’rlardan foydalanishdi. Kechada 6-sinf  o`quvchilari " xo`p – xo`p”  o`yinini ko`rsatib berishdi. Unda Hamroyev Doston g`olib bo`ldi. 9-sinf o`quvchilari  Ibrahimov Doston, Sobirova Dilfuza, Siytimmatov Ma’murjon, Abdrimova Barchinoy, Ibragimov Ahmadjon  «Matematik termin aytish”  bellashuvini ko`rsatib berishib, tomoshabinlar olqishiga sazovar bo`ldilar. Bu bellashuvda Ibrahimov Doston  g`olib bo`ldi. Shuningdek 6-sinf o`quvchilari tomonidan sahnalashtirib ijro etilgan qiziqarli matematik jumboqlar javoblari boshqa sinf o`quvchilari tomonidan topildi. Tadbir yakunida  «Fevral oyi – matematika, informatika fanlari oyligi” , «Fevral oyi – yoshlar orasida narkotik moddalarning tarqalishiga qarshi kurash oyligi”   munosabati bilan shu oyda  o`tkazilgan tadbirlarda g`olib chiqqan o`quvchilar maktab I, II, III-darajali diplomlari bilan taqdirlandilar. Quyida ular bilan tanishasiz:                                                                                                                                                        

t/r

Tadbir nomi               

G`oliblar

1.  

Matematika fanidan sirtqi olimpiada

1.  Nazarov Quvondiq (5 sinf) – I-o`rin.

2.  Boboxo`jayeva Lobar (6-sinf) – I-o`rin

3.  O`rolov Jonibek (7-sinf) – I-o`rin

4.  Siytimmatov Otamurod (7-sinf) – II-o`rin

5.  Otaxanov Sanjarbek (7-sinf) – III-o`rin

6.  Xayitboyev Xumoyun (8-sinf) – I-o`rin

7.  Erkayev Jonibek (8-sinf) – II-o`rin

8.  Vaisov Adham (8-sinf) –III-o`rin

9.  Ibrahimov Doston (9-sinf) – I-o`rin

10. Siytimmatov Ma’murjon (9-sinf) –II-o`rin

11.  Ismoilov Hamidjon (9-sinf) – III-o`rin

2.  

Matematika fanidan yozilgan eng yaxshi referat

1. Jumaboyeva  Arjumand (7-sinf) – I-o`rin

2.Boboxo`jayeva Lobar (6-sinf) – II-o`rin

3.Tursunboyeva Iroda (6-sinf) – III-o`rin

4.Rajapboyeva Jangilsin (9-sinf) – I-o`rin

5.Xolmetov Temur (9-sinf) – II-o`rin

6.Sobirova Dilfuza (9-sinf) –III-o`rin

3.  

Eng yaxshi fazoviy shakllar yasash ustasi

1.Sobirova Dilfuza (9-sinf) –I-o`rin

 2.  Jumaniyazov Jo`rabek (8-sinf) –II-o`rin

4.  

Eng yaxshi devoriy gazeta      

                  1.  6-sinf o`quvchilar guruhi – I-o`rin

                  2.  9-sinf o`quvchilar guruhi – II-o`rin

5.  

Matematika fanidan 6-sinf   o`quvchisi bilimini test sinovidan (25 ta test) o`tkazuvchi eng yaxshi kompyuter bilan muloqot dasturi

      1. Ibrahimov Doston (9-sinf) –I-o`rin

6.  

Matematikani madh etuvchi eng yaxshi she`r

                1.   Boboxo`jayeva Lobar (6-sinf) – I-o`rin

                2.  Amatov Jahongir (9-sinf) – II-o`rin

                3. Ismoilov Hamidjon (9-sinf) – III-o`rin

7.  

«Og`usiz hayot!” rasm tanlovi

1.  Jumaboyeva  Arjumand (7-sinf) – I-o`rin

2.  Madrimova Maftuna (8-sinf) – II-o`rin

3.  Rahimboyev Jahongir (6 — sinf) – III-o`rin

8.  

«Giyohvandlik – umr zavoli” insho tanlovi

1.     Artiqboyeva Maftuna (7-sinf) – I-o`rin

2.     Jumaboyeva Lobar  (7-sinf) – II-o`rin 

3.     Tursunboyeva Iroda  (6-sinf) – III-o`rin 

                  

 

 

Kalit so'zlar:
Maktabimiz faxrimiz
Gurlan tumanidagi 41-son U.O`.T. maktabi.

Ko'p o'qilgan

Декабрь 2024 (3)
Ноябрь 2024 (1)
Октябрь 2024 (4)
Июнь 2024 (1)
Октябрь 2023 (2)
Сентябрь 2023 (2)

So'rovnoma

Qaysi fanlarga ko'proq qiziqarli? [?]