???? Musobaqa Tizimi Qanday?
Ushbu musobaqa 4 ta bosqichli liga tizimiga asoslangan bo'lib, har bir ligada 6 nafardan o'quvchi bellashadi:
Oliy liga: Eng murakkab masalalar yechiladi.
1-liga: Murakkab darajadagi vazifalar.
2-liga: O'rtacha qiyinchilikdagi topshiriqlar.
3-liga: Matematikaning asosiy, sodda tushunchalariga bag’ishlangan vazifalar.
Topshiriqlar darajasi 3-ligadan Oliy ligaga qarab murakkablashib boradi, bu esa o'quvchilarga o'z bilimlarini bosqichma-bosqich sinovdan o'tkazish imkonini beradi.
???? Rotatsiya Tizimi: Har Doim Harakatda!
Bu tizimning eng qiziqarli tomoni - uning dinamikasidir. Hech bir o'quvchi bir joyda turg’un qolmaydi:
Har bir liga bo’yicha eng yuqori 2 ta o’rinni egallagan o’quvchilar yuqori ligaga ko’tariladi.
Eng quyi 2 ta o’rinni egallagan o’quvchilar esa, afsuski, pastki ligaga tushadi.
Bu tizim o'quvchilarda o’z ustida ko’proq ishlashga kuchli motivatsiya beradi va har bir turga jiddiy tayyorgarlik ko’rishga undaydi.
???? Katta Qiziqish va Ishtiyoq
"Liga musobaqalari" o’quvchilarimizda katta qiziqish uyg’otmoqda. Har bir tur o'quvchilar uchun yangi bilimlar va mantiqiy jumboqlarni yechish imkoniyatini taqdim etadi. Musobaqa yakunida faqatgina kuchlilar aniqlanibgina qolmay, balki har bir ishtirokchi o’z bilimidagi kamchiliklarni ko’rish va ularni to’ldirishga intilish imkoniga ega bo’ladi.
Maktab ma'muriyati bu kabi musobaqalarni qo'llab-quvvatlashda davom etadi. Keyingi turlarda qatnashadigan barcha o'quvchilarga omad tilaymiz! Biz siz bilan faxrlanamiz!









Davlat gerbi
Davlat bayrog'i
Davlat madhiyasi

Bo'limlar