gurlan41.uz

«Kuch bilim va tafakkurda.»
I. A. Karimov
» » Umumta'lim maktablari o`quvchilari uchun matematika fani bo`yicha URDU olimpiadasi - xotira turniri

Umumta'lim maktablari o`quvchilari uchun matematika fani bo`yicha URDU olimpiadasi - xotira turniri

UMUMTA’LIM MAKTABLARI O‘QUVCHILARI UCHUN MATEMATIKA FANI BO‘YICHA XOTIRA TURNIRINING OCHILISH MAROSIMI BOʻLIB OʻTD
2022-yil 5-may kuni Urganch davlat universitetida umumta’lim maktablari o‘quvchilari uchun Matematika fani bo‘yicha xotira turniri boʻlib oʻtmoqda. Shu munosabat bilan UrDU Madaniyat saroyida turnirning ochilish marosimi oʻtkazildi.



Xotira turniri 1966-1995-yillarda Xorazm davlat pedagogika instituti (hozirgi Urganch davlat universiteti) da samarali mehnat faoliyatini olib borgan matematik olim, fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent Ismoil Abdullayev xotirasiga bag‘ishlab oʻtkazilmoqda.

Ochilish marosimida olimning zamondoshlari, kasbdosh doʻstlari, faxriy ustozlar, shogirdlari, Urganch davlat universiteti professor-oʻqituvchilari, talabalar hamda turnirda qatnashish istagidagi maktab oʻquvchilari ishtirok etdilar.

Tadbirni UrDU Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektori S.Davletov kirish soʻzi bilan ochib berdi. Shuningek, universitet faxriy ustozlari X.Bobojonov, S.Masharipova, q.x.f.d., prof.Gʻ.Satipov, Xorazm viloyati Xalq taʼlimi boshqarmasi boshligʻi H.Bektemirovlar soʻzga chiqib, ustozning ezgu amallari, xayrli ishlari, esda qolarli voqealarni xotirladilar. Hayoti, ilmiy-ijodiy izlanishlari va ish faoliyatiga oid maʼlumotlar berildi, matematika sohasiga qoʻshgan hissasi va bugungi kunda olimning faoliyatini davom ettirib, jamiyatda oʻz oʻrniga ega izdoshlari eʼtirof etildi.

Shundan soʻng, Fizika-matematika fakulteti dekani J.Xoʻjamov olimpiada ishtirokchilariga turnirning o‘tkazilish tartib –qoidalari boʻyicha tushuntirish berib, barcha ishtirokchilarga omad tiladi.

Eslatib oʻtamiz, turnir mobaynida universitet boʻylab sayohat, tushlik hamda gʻoliblarni taqdirlash marosimi va konsert dasturi ham rejalashtirilgan.

UrDU Matbuot xizmati
@urdu_pressa

Xotira turnirning ochilish marosimidan soʻng, Fizika-matematika fakulteti binosida, soat 10.00 da olimpiada masalalarini yechishga start berildi.

 

Olimpiada viloyatdagi barcha umumta’lim maktablari o‘quvchilarining 5-10 sinf oʻquvchilari oʻrtasida oʻtkazilmoqda.
Oʻquvchilar kunning birinchi yarmida bor bilim va imkoniyatlarini ishga solib, olimpiada misol-masalalarini yechdilar.

Shundan soʻng,

xotira turniri doirasida olimpiada ishtirokchilariga hamda universitet faxriy professor-oʻqituvchilariga universitet oshxonasida toʻkin dasturxon yoyilib, osh tarqatildi, marhum ustozimiz Ismoil Abdullayev xotirasiga duo oʻqilib, Qurʼon tilovat qilindi.

UMUMTA’LIM MAKTABLARI O‘QUVCHILARI UCHUN MATEMATIKA FANI BO‘YICHA XOTIRA TURNIRINING TAQDIRLASH MAROSIMI BOʻLIB OʻTDI

2022-yilning 5-may kuni Urganch davlat universitetida umumta’lim maktablari o‘quvchilari oʻrtasida Matematika fani bo‘yicha xotira turniri oʻtkazildi. Ushbu turnir uzoq yillar davomida UrDUda samarali mehnat faoliyatini olib borgan matematik olim, fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent Ismoil Abdullayev xotirasiga bag‘ishlab oʻtkazildi.

Unda viloyatning barcha maktablaridan matematika faniga qiziqishi baland, iqtidorli oʻquvchilar qatnashib, kunning birinchi yarmida olimpiada masalalarini yechdilar. Kunning ikkinchi yarmida esa universitet Madaniyat saroyida gʻoliblarni taqdirlash marosimi oʻtkazildi.

Unda UrDU rektori Bahrom Abdullayev soʻzga chiqib, turnirda ishtirok etgan barchaga oʻz minnatdorchiligini, samimiy tilak va istaklarini bildirdi. Urganch davlat universitetida matematika sohasida erishilgan yutuqlar, yaratilgan sharoitlar haqida gapirdi. Maktab oʻquvchilarini qunt bilan oʻqib, shu dargohning talabasi boʻlishlariga chaqirdi. Oʻquvchilarning kelgusi ishlarida muvaffaqiyat tiladi.

Shundan soʻng, olimpiada gʻoliblarini eʼlon qilindi. Qayd etish joizki, olimpiada natijalari A (5-6 sinflar), B (7-8 sinflar) hamda C (9-10 sinflar) darajalar boʻyicha baholandi.

????A (5-6 sinflar) darajaga koʻra:
I oʻrin – Polvonnazirova Diyora – Xiva tumani 28-IDUM
II oʻrin – Jumamuratova Shakira– Gurlan tumani 41-maktab
III oʻrin – Po`latov Zayniddin – Xonqa tumani 7-IDUM

????B (7-8 sinflar) darajaga koʻra:
I oʻrin – Nazarboyev Otanazar– Gurlan tumani 41-maktab
II oʻrin – Davletboyev Azizbek– Gurlan tumani 41-maktab
III oʻrin – Umarjonov Shohruh - Hazorasp tumani 1-IMI

????C (9-10 sinflar) darajaga koʻra:
I oʻrin – Ismoilov Asadbek – Bogʻot tumani 3-AFCHOIMI
II oʻrin – Ismoilov Umrbek – Hazorasp tumani 1-IMI
III oʻrin – Abdullayev Saʼdulla – Hazorasp tumani 1-IMI

Barcha gʻoliblarga universitet rektorining Diplomlari hamda esdalik sovgʻalari, shuningdek, ushbu olimpiada ishtirokchilarining oʻqituvchilariga Tashakkurnomalar topshirildi.
Shuningdek, faol ishtirok etgan bir guruh oʻquvchilarga Faxriy yorliq va kitoblar jamlanmasi topshirildi.

Alohida taʼkidlash joizki, olimpiadachilarni taqdirlashda UrDU Xotin-qizlar Maslahat kengashi tomonidan ham eng yuqori reyting ball to'plagan qizlar uchun "Ustozlar e'tirofi" nominatsiyasi joriy qilindi. Unda 3 nafar faol qizlar Xotin-qizlar kengashining Faxriy yorliq va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar.

UrDU Matbuot xizmati
@urdu_pressa

UMUMTA‘LIM MAKTABLARI O‘QUVCHILARI UCHUN MATEMATIKA FANI BO‘YICHA XOTIRA TURNIRI BO‘LIB O‘TDI



Xotira turniri 1966-1995-yillarda Urganch davlat universitetida samarali mehnat faoliyatini olib borgan fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent Ismoil Abdullayev xotirasiga bag‘ishlab o‘tkazildi (https://t.me/URDU_PRESSA/16710).

Xotira turnirining yakuniy natijalariga ko‘ra, Gurlan tumanining 41-umumiy o‘rta ta'lim maktabi jamoasi umumjamoa hisobida faxrli I o‘rinni egalladilar.

Bu yutuqlari bilan ustozlarni va o‘quvchilarimizni qizg‘in muborakbod etamiz!!!

Gurlan tumani hokimligi axborot xizmati


Kalit so'zlar:
Maktabimiz faxrimiz
Gurlan tumanidagi 41-son U.O`.T. maktabi.

Ko'p o'qilgan

Октябрь 2023 (3)
Сентябрь 2023 (2)
Июнь 2023 (1)
Май 2023 (3)
Апрель 2023 (1)
Март 2023 (1)

So'rovnoma

Qaysi fanlarga ko'proq qiziqarli? [?]