gurlan41.uz

«Kuch bilim va tafakkurda.»
I. A. Karimov
» » Umumta’lim maktablari o‘quvchilarining matematika fani bo‘yicha xotira turniri

Umumta’lim maktablari o‘quvchilarining matematika fani bo‘yicha xotira turniri

2021 yil 5 iyun kuni Urganch davlat universitetida Umumta’lim maktablari o‘quvchilarining matematika fani bo‘yicha xotira turniri o‘tkazildi.
Xotira turniri 1966 – 1995 yillarda Xorazm davlat pedagogika instituti (hozirgi Urganch davlat universiteti) da samarali mehnat faoliyatini olib borgan matematik olim, fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent Ismoil Abdullayev xotirasiga bag‘ishlandi.
Xotira turnirini o‘tkazish bo`yicha tashkiliy qo‘mita UrDU rektori B.I. Abdullayev, Fizika-matematika fakulteti dekani J.U. Xujamov va UrDU o‘qituvchilaridan iborat qilib shakllantirilgan. Tashkiliy qo‘mita ushbu olimpiada – xotira turnirini o‘tkazishga puxta tayyorgarlik qilgan. Buni ishtirokchilarni kutib olish jarayonidan boshlab olimpiada o‘tkazilish jarayoni, olimpiadaning yopilishi va g‘oliblarni taqdirlash jarayonida kam kuzatish mumkin edi.
Xotira turnirida qatnashish uchun o‘quvchilar avvalo olimp.urdu.uz da o‘tkazilgan sirtqi olimpiadada yuqori natija ko‘rsatgan bo‘lishi kerak edi. Shu asosda 5-6-sinflar bo‘yicha (A – daraja) 43 nafar, 7-8-sinflar bo‘yicha (B – daraja) 46 nafar, 9-10-sinflar bo‘yicha (C – daraja) 32 nafar o‘quvchilar xotira turnirida qatnashish huquqini qo‘lgan kiritdilar.
Xotira turnirida qatnashish huquqini qo‘lga kiritgan o‘quvchilar UrDU fizika-matematika fakulteti o‘quv xonalariga guruhlar bo‘yicha joylashtirildi. Ularga olimpiadaning o‘tkazilish tartib-qoidalari tushuntirildi. Olimpiada yozma ish shaklida 5 ta misol va masala asosida o`tkazildi. Olimpiada topshiriqlarini bajarish uchun 3 soat vaqt ajratildi. O‘quvchilar topshiriqlarni bajarib bo‘lishgach ularga UrDU oshxonasida osh berildi. Tushlik yakunlangach olimpiada qatnashchilari Urganch davlat universiteti bilan tanishtirildi. Shundan keyin universitet madaniyat saroyiga olimpiadaning yopilishi va g‘oliblarni taqdirlash marosimiga taklif qilindi. Dastlab o‘quvchilar konsert dasturini tomosha qildilar. Undan keyin Ismoil Abdullayev bilan birga ishlashgan do‘stlari, hamkasblari u kishini xotirlab yig‘ilganlarni u kishining ilmiy faoliyati, insoniylik xislatlari haqida so‘zlab berdilar, xotirladilar. UrDU rektori B. Abdullayev ham otasini yodlab xotira turnirida g‘olib bo‘lgan o‘quvchilarni tabrikladi. A, B, C guruhlarda g‘olib bo‘lgan o‘quvchilar (1-,2-,3-o‘rinlar) UrDU ning I, II, III darajali diplomlari va qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlanishdi. A guruhda Gurlan tumanidagi 41-umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchisi, B, C –guruhlarda Bog‘ot tumanidagi 92-IMI o‘quvchilari 1-o‘rinni egalladilar. Shuningdek olimpiadada 4,5,6- o‘rinni egallagan o‘quvchilar UrDU faxriy yorliqlari va kitoblar to‘plami bilan taqdirlandilar. Olimpiadada o‘quvchilari g‘olib bo‘lgan, faxrli o‘rinlarni egallagan o‘quvchilarning ustozlari, hakamlar ha’yati a’zolari UrDU tashakkurnomalari va kitoblar to‘plami bilan taqdirlandilar. VXTB ham 1,2,3-o‘rinlarni egallagan o‘quvchilarni maqtov yorliqlari bilan taqdrladilar.
Maktabimiz o‘quvchilari ham ushbu olimpiadada ishtirok qilishdi. olimp.urdu.uz da o‘tkazilgan sirtqi olimpiadada yuqori natija ko‘rsatgan 18 nafar o‘quvchilarimiz ushbu xotira turnirida qatnashish huquqini qo‘lga kiritgan bo‘lsa shulardan 16 nafari xotira turnirida qatnashdi. Ikki nafar sirtqi olimpiadada yuqori natija ko‘rsatgan o‘quvchimiz ayrim sabablarga ko`ra qatnashib bilmadi, 16 nafari xotira turnirida qatnashdi. Olimpiadada qatnashgan 7,8,9,10-sinf o`quvchilari olimpiada masalalarini yechishda qiynaldilar va yuqori natija ko‘rsata olmadilar. A guruhda qatnashgan o‘quvchilarimizdan 3 nafari esa g‘oliblar safidan joy olishdi. 6-sinf o‘quvchisi Atajanova Zuhra 1-o`rinni egalladi va UrDU ning I darajali diplomi va qimmatbaho sovg‘asi va VXTB ning 1-o‘rinni egallagani uchun maqtov yorlig‘i bilan taqdirlandi. 6-sinf o‘quvchilari Aminboyeva Durdona, Ataxanov Javohir faxrli o‘rinlarni egallagani uchun UrDU faxriy yorliqlari va kitoblar to‘plami bilan taqdirlanishdi. O‘quvchilari yuqori natijalarni ko‘rsatgani uchun matematika fani o‘qituvchisi Kenjayev Bahodir UrDU tashakkurnomasi va kitoblar to‘plami bilan taqdirlandi.
Olimpiadada g‘olib bo‘lgan o‘quvchilar boshqa o‘quvchilarda matematika fanini o‘rganishga motivatsiya uyg‘otdilar, qiziqishini oshirishga, matematikani o‘rganishni kuchaytirishlariga sababchi bo‘lishdi.
O‘ylaymizki, UrDU hamda umumta’lim maktablari o‘rtasidagi hamkorlik davom etadi, yuqoridagiga o‘xshagan olimpiadalar keyingi o‘quv yillarida ham o‘tkazilishi davom ettiriladi. 

Kalit so'zlar:
Maktabimiz faxrimiz
Gurlan tumanidagi 41-son U.O`.T. maktabi.

Ko'p o'qilgan

Декабрь 2024 (3)
Ноябрь 2024 (1)
Октябрь 2024 (4)
Июнь 2024 (1)
Октябрь 2023 (2)
Сентябрь 2023 (2)

So'rovnoma

Qaysi fanlarga ko'proq qiziqarli? [?]