1 may kuni tumandagi 23-UO`T maktabida 21, 23, 29, 30, 31, 41 - umumiy o`rta ta'lim maktablarining 3, 4 - sinf o`quvchilari o`rtasida "Bilimlar bellashuvi" hududiy bosqichi o`tkazildi. Bu tadbirning menga ma'qul bo`lgan tomoni har bir maktabdan har bir sinf bo`yicha 7 nafardan o`quvchi o`z imkoniyatlarini sinovdan o`tkazdi. Kuchli ikkilikka kirgan maktab jamoasi keyingi bosqichga yo`l oldi. Jumladan maktabimiz 4-sinf jamoasi o`rtacha 54 ball top`lab ikkinchi o`rinni egalladi va bellashuvning keyingi bosqichiga yol` oldi. Bunda 4-sinf o`quvchisi Komiljonov Jo`rabek 98 ball to`plab eng yuqori ko`rsatkichga erishdi. 3-sinf jamoasi afsuski 5-o`rinda qolib ketdi. Bunda o`quvchilarning ishlagan misollarini ham oq qog`ozga ko`chirishga ulgurmagani sabab("bahona") sifatida ko`rsatildi.