gurlan41.uz

«Kuch bilim va tafakkurda.»
I. A. Karimov
» » “Tashabbusli byudjet”ga ovoz berish jarayoni yakunlandi.

“Tashabbusli byudjet”ga ovoz berish jarayoni yakunlandi.

  “Tashabbusli byudjet”ga ovoz berish jarayoni yakunlandi.

Bugun 2025-yil 1-mavsumi uchun saralashdan o‘tgan loyihalarga ovoz berish bosqichi yakunlandi.
Ushbu jarayonda bizni qoʻllab quvvatlagan barchaga o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz.
Kichkina jamoa bo'lishimizga qaramay 5012 = 5000 + 12 ovoz to'plab bildik.
Yurtimizda ta'limga berilayotgan eʼtiborni nazarda tutib ayta olamizki, biz bu ovoz bilan g'olib deb topilmagan bo'lsakda bizning loyihamizga ham qo'shimcha mablag' ajratiladi.
Avvalgi "Tashabbusli byudjet" ovoz berish jarayonlaridan birida g'olib bo'lmagan bo'lsakda bizning loyihamiz uchun 1 000 000 000 so'mdan ziyod mablag' ajratilib maktabimizda o'quv jarayonini tashkil qilish uchun zarur boʻlgan jihozlar to'liq yangilandi, yangi axborot kommunikatsiya texnologiyalari berilgan edi.

Kecha bu jarayon yakunlangan kun bir o'quvchimiz Xalqaro Vestminster universiteti talabaligiga qabul qilindi, ikki nafar o'qituvchimiz A+ daraja MS sertifikatini qo'lga kiritdi.
Maktabimiz 11-sinf o'quvchisi Yangiboyev Bunyod Muxtor o'g'li Xalqaro Vestminster universiteti 2025-2026 - o'qish yili uchun 1-kursga o'qishga qabul qilinganligi bilan tabriklaymiz. Keyingi o'qish va hayot yo'llarida muvaffaqiyatlar tilaymiz.
Maktabimiz matematika fani o`qituvchisi Kenjayev Bahodir va tarix fani o`qituvchisi Bobojonov Xursand A+ daraja umumta'lim fanini bilish to`g`risidagi milliy sertifikatni qo`lga kiritdilar.



Kalit so'zlar:
Maktabimiz faxrimiz
Gurlan tumanidagi 41-son U.O`.T. maktabi.

Ko'p o'qilgan

Март 2025 (2)
Февраль 2025 (1)
Декабрь 2024 (3)
Ноябрь 2024 (1)
Октябрь 2024 (4)
Июнь 2024 (1)

So'rovnoma

Qaysi fanlarga ko'proq qiziqarli? [?]