She’r inson ichki kechinmalarini qalamlar sehri ila diltortar so’zlar bilan bezamoqdir. She’rxonlik esa bu ohangrabo she’rlarni tinglovchi qalbiga yetkazishdir. She’rni ifodali o’qish uni baland ovozda aytish emas,she’rxon aytayotgan she’r insonning qalbiga yetib borsa,uning qaysidir hislarni junbushga keltira olsagina ana shu ifodali o’qish hisoblanadi. She’r yodlash,uni ifodali o’qishni targ`ib qilish maqsadida maktabimizda "Eng she’rxon o’quvchi” ko’rik tanlovi bo’lib o’tdi. Bellashuvda dastlabki saralashdan o`tgan O’razboyeva Sadoqat (9-sinf), Nazarova Durdona (8-sinf), Bobojonova Gulyor (7-sinf), Baxtiyorova Madinalar (7-sinf) o’zaro 4 shart bo’yicha bellashdilar. Qatnashchilar o’zlari yod olgan o’zbek shoir va shoiralari she’rlarini hakamlar hay’atiga taqdim qildilar. 1-shartda ushbu she’rlardan ikkitasini yod aytish topshirildi. 2-shartda ana shu she’rlaridan bittasi ifoda aytib berildi. 3-shartda darslikda berilgan she’rlardan parcha aytildi, shu she’rning muallifi va qaysi she’ri ekanligi topildi. 4-shartda bitta shoirning she’ri aytilgan video ovoz eshittirildi, kimning she’ri ekanligi topildi. Bellashuvda 9-sinf o’quvchisi O’razboyeva Sadoqat g’olib deb topildi va maktab faxriy yorlig’i bilan taqdirlandi. Bu tadbir o’quvchilar qalbida she’rga,she’r o’qishga qiziqish uyg’ota oldi degan umiddamiz.