Bugun ertalab maktabimiz tashkil qilinganligining 30 yilligiga bagʻishlangan yakuniy bayram tadbiri bo'lib o'tdi. Tadbirda maktab pedagogika jamoasi, o'quvchilar, maktabimiz 1-direktori T. Sapayev, 2-direktori Sh. Matkarimov, maktabimiz tashkil qilingan dastlabki yillardan unda faoliyat olib borib ta'limda yuqori sifat samaradorligiga erishgan ustozlardan T. Kenjayev, M. Matsapayev, G. Saparboyev, Z. Do'schanova, A. Yusupova, tuman MMTB mudiri Y. Bobojonov qatnashdi . Tadbirni maktab direktori Sh. Jumatov ochib berdi va maktab 30 yillik tarixiga, erishgan yuqori natijalarga, sobiq o'quvchilarimiz yutuq, muvaffaqiyatlari haqida so'zlab verdi. Maktabimiz tashkil qilinganligining 30 yilligiga bagʻishlab oʻtkazilgan olimpiadalarda g'olib bo'lgan, yuqori natijalarga erishgan o'quvchilarimiz ham shu tadbirda taqdirlandi.





































 
			     Davlat gerbi
 Davlat gerbi Davlat bayrog'i
 Davlat bayrog'i Davlat madhiyasi
 Davlat madhiyasi
 
     
 

 Bo'limlar
Bo'limlar