gurlan41.uz

«Kuch bilim va tafakkurda.»
I. A. Karimov
» » “Kamolot” Yoshlar Ijtimoiy Harakati 14 yoshda.

“Kamolot” Yoshlar Ijtimoiy Harakati 14 yoshda.

"Kamolot” Yoshlar  Ijtimoiy Harakati 14 yoshda.

"Kamolot”  Yoshlar Ijtimoiy Harakati tashkil topganligining 14 yilligiga bag`ishlab tumandagi 5-maktabda  tuman kengashi tomonidan tadbir o`tkazildi. Tadbirda ishtirok etgan maktabimiz  "Kamolot”  Yoshlar Ijtimoiy Harakati  boshlang`ich tashkiloti yetakchisi  Dilrabo Nurmetova  2014-2015 – o`quv yilida Harakatning boshlang`ich tashkiloti faoliyatida faol ishtirok etib, ish samaradorligi hamda loyihalarning ta’sirchanligiga munosib hissa qo`shganligi uchun " ENG FAOL "BOSHLANG`ICH TASHKILOT YETAKCHISI”  nominatsiyasi bo`yicha "Kamolot” YIH Gurlan tuman kengashi tomonidan faxriy yorliq bilan taqdirlandi.  Shuningdek tadbirda "KAMALAK BILIMDONLARI” ko`rik-tanlovi yakunlari e’lon qilindi. Umumta’lim maktablarida "Kamalak”  bolalar tashkiloti faoliyatini yanada jonlashtirish  maqsadida tashkil qilingan ko`rik-tanlov  tuman bosqichi    2- aprel kuni 1-21-umumta’lim maktablari o`rtasida, 3-aprel kuni 22-43-umumta’lim maktablari o`rtasida o`tkazilgan edi. Unda maktabimiz sha’nini himoya qilgan "Nihol” guruhi (guruh a’zolari: Jumaboyev Xumoyun, Do`simmatov Sarvar, Jumaboyeva Madina, Madaminova Muhabbat, Sapayeva Dilnoza, Xaytboyeva Shaxodat,Amangeldiyeva Durdona,Sobirova Sohiba)  ikkinchi kungi bellashuvlarda muvaffaqiyatli ishtirok etgan edi. Tadbirda  maktabimiz "Nihol” guruhi 2014-2015-o`quv yilida umumiy o`rta ta’lim maktablari o`quvchilari o`rtasida o`tkazilgan "KAMALAK BILIMDONLARI” ko`rik-tanlovining tuman hududiy saralash bosqichida faxrli I-o`rinni egallaganligi uchun "Kamolot” YIH Gurlan tuman kengashi tomonidan diplom bilan taqdirlandi.

Kalit so'zlar:
Maktabimiz faxrimiz
Gurlan tumanidagi 41-son U.O`.T. maktabi.

Ko'p o'qilgan

Октябрь 2023 (3)
Сентябрь 2023 (2)
Июнь 2023 (1)
Май 2023 (3)
Апрель 2023 (1)
Март 2023 (1)

So'rovnoma

Qaysi fanlarga ko'proq qiziqarli? [?]