gurlan41.uz

«Kuch bilim va tafakkurda.»
I. A. Karimov

Olimpiada

Fan olimpiadasi tuman bosqichi kuzgi ta'til davrida o`tkazilishi, viloyat bosqichi qishqi ta'til, respublika bosqichi bahorgi ta'til davrida o`tkazilishi maqsadga muvofiq. Bu yil fan olimpiadasi tuman bosqichi tumandagi 24-umumiy o`rta ta'lim maktabida o`tkazildi. Maktabimiz o`quvchilaridan 5 nafari g`oliblar safidan joy olishdi. Rus tili fanidan "Bilimlar bellashuvi" viloyat bosqichi g`olibasi, 10-sinf o`quvchisi Jumaboyeva Mohinur (ustozi Bazarboyeva Zulfiya) faxrli birinchi o`rinni egalladi. Informatika fanidan 11-sinf o`quvchisi Aqboyev Anvar (o`qituvchisi Matkarimov G`ulomjon)  2-o`rinni, 10-sinf o`quvchisi O`rolboyev Suhrob (o`qituvchisi Matkarimov G`ulomjon)  3-o`rinni, ona tili fanidan 10-sinf o`quvchisi Matkarimova Hakima (o`qituvchisi Masharipova Mahfuza) 3-o`rinni, fizika fanidan Boboxo`jayev Quvondiq (o`qituvchisi Yusupov Faxriddin) 3-o`rinni egallashdi. Ularni ushbu yutuqlari bilan tabriklab olimpiada viloyat bosqichida omad tilaymiz. O`tgan o`quv yilida ham o`quvchilarimizdan 5 nafari g`oliblar safidan joy olishgandi.  Maktabimiz o`quvchilaridan ikki nafari 11-sinf o`quvchisi Boboxo`jayeva Lobar matematika fanidan, 9-sinf o`quvchisi Jumaboyeva Mohinur rus tili fanidan I o`rinni, 10-sinf o`quvchisi To`liboyeva Zubayda Informatika fanidan  II o`rinni, 10-sinf o`quvchisi Gulimmatova Rayxon ona tili va adabiyoti fanidan III o`rinni, O`rolboyev Suhrobjon informatika fanidan  III o`rinni egallashgan edi. Demak bu yil g`oliblar soni bir xil bo`lgani bilan sifat jihatdan pasayish bo`libdi.

Kalit so'zlar:
Maktabimiz faxrimiz
Gurlan tumanidagi 41-son U.O`.T. maktabi.

Ko'p o'qilgan

Октябрь 2023 (3)
Сентябрь 2023 (2)
Июнь 2023 (1)
Май 2023 (3)
Апрель 2023 (1)
Март 2023 (1)

So'rovnoma

Qaysi fanlarga ko'proq qiziqarli? [?]