gurlan41.uz

«Kuch bilim va tafakkurda.»
I. A. Karimov

E'tiborga munosib javob

 

2016 yil oktabr oyi boshida maktabimiz 9-sinf o`quvchisi Jumaboyeva Madina O`zbekiston Respublikasi Xalq Ta’limi Vazirligi Respublika bolalar kutubxonasi tomonidan o`tkazilgan "Mustaqillik madhi bolalar ijodida” Respublika ijodiy ishlar ko`rik-tanlovi hikoya yo`nalishida II-o`rinni egallaganligi uchun  O`zbekiston Respublikasi Xalq Ta’limi Vazirligi Respublika bolalar kutubxonasining Ikkinchi darajali diplomi bilan taqdirlangan edi. 2016 yil 12 noyabr kuni tuman BABM  binosida yana 4 nafar o`quvchimiz ushbu tanlovda faol ishtirok etganligi uchun  O`zbekiston Respublikasi Xalq Ta’limi Vazirligi Respublika bolalar kutubxonasining faxriy yorliqlari bilan taqdirlandi.Ular bilan tanishing(Tanlov 2015-2016- o`quv yilida o`tkazilgan): 

1. Jumaboyeva Madina (8-sinf)

2. O`rinboyeva Go`zal (8-sinf)

3. Ataxanova Sevara (7-sinf)

4. Boboxo`jayeva Lobar (7-sinf) .

Ishonamizki o`quvchilarimiz bundan keyin bundanda yuqori natijalarga erishadilar va kitob bilan doimo oshno bo`ladilar. O`quvchilarimiz tomonidan erishilgan ushbu yutuq va muvaffaqiyatlar davlatimiz tomonidan maktabimizning mukammal ta'mirdan chiqarilishi va 12X24 m o`lchamli sport zal qurilganiga dastlabki  javobimiz bo`ldi.

 

Kalit so'zlar:
Maktabimiz faxrimiz
Gurlan tumanidagi 41-son U.O`.T. maktabi.

Ko'p o'qilgan

Октябрь 2023 (3)
Сентябрь 2023 (2)
Июнь 2023 (1)
Май 2023 (3)
Апрель 2023 (1)
Март 2023 (1)

So'rovnoma

Qaysi fanlarga ko'proq qiziqarli? [?]