Vatanparvarlik oyligi doirasida 8 yanvar kuni afg`on urushi qatnashchisi Sh. Jumatov bilan "Vatanni himoya qilish – sharafli, oliyjanob va ma’suliyatli burch” mavzusida suhbat uyushtirildi.
“14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan maktabda rasm, she’r, insho tanlovlari qishqi ta’til oldidan o`quvchilarga e’lon qilinib ta’til davrida o`quvchilar o`z ijodiy ishlarini bajardilar. 11 yanvar kuni g`oliblar aniqlandi. G`olib o`quvchilar maktab faxriy va maqtov yorliqlari bilan taqdirlandilar.
Harbiy Vatanparvarlik oyligi doirasida ertaliklarda ommaviy axborot vositalarida milliy armiyamiz haqida berilgan ma’lumotlar asosida o`quvchilarga ma’lumotlar berib borildi.
11 yanvar kuni Maktabimiz sport zalida boshlangan va maktab ma’naviyat zalida davom ettirilgan 9 sinfning “Vatanparvar” va 10-sinfning “Qalqon” guruhlari ( har bir guruh 6 nafar o`quvchidan tashkil topgan) o`rtasida “Balli yigitlar” musobaqasi o`tkazildi. Musobaqani maktabning 6-10-sinf o`quvchilari tomosha qildilar. Tadbir boshida maktab direktori o`rinbosari B. Kenjayev so’zga chiqib, yurtimizdagi barcha vatan himoyachilarini ushbu qutlug’ ayyom bilan tabrikladi va ularning Vatanni himoyalashdek ulug’ va zahmatli ishlarida omadlar tiladi. Shuningdek, maktab direktori o`rinbosari yurtimizda hozirgi kunda faoliyat yuritayotgan harbiy bilim yurtlari haqida ham ma’lumot berib o’tdi.
Tadbirda 9-sinf o’quvchisi O`rozboyeva Sadoqat boshlovchilik qildi. Boshlovchi Qurolli kuchlarning mamlakat suvereniteti va hududiy yaxlitligini saqlash, xalqimizning tinchligi hamda bunyodkorlik mehnatini himoyalash, yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdagi ahamiyatini inobatga olib, hamda 1992- yil 14-yanvarda mamlakat hududidagi harbiy qism va bo’linmalarning davlatimiz tasarufiga o’tkazilishi munosabati bilan O’zbekiston Respublikasining 1993 yil 29-dekabrdagi qonuniga binoan 14-yanvar “Vatan himoyachilari kuni” deb e’lon qilinganligini, harbiy bilim yurtlari, ulardagi yo’nalishlar haqida ma’lumot berib o’tdi.
Musobaqa 8 ta shart asosida tashkil etildi. 1-shart: turnikda tortilish. 2-shart: Arqon yordamida yuqoriga chiqish. 3-shart: arqon tortishish. 4-shart: tosh ko`tarish. 5-shart: tanishtiruv. 6-shart: qo`l kurash. 7-shart: olma archish. 8-shart: tugma qadash. O`quvchilarni musobaqaga jismoniy tarbiya fani, chaqiruvga qadar boshlang`ich harbiy tayyorgarlik o`qituvchisi Madrahimov Mamasoli tayyorladi va musobaqani o`tkazdi. Musobaqada 10-sinf “Qalqon” guruhi 77: 67 hisobida g`olib chiqdi. Musobaqada g`olib bo`lganligi uchun “Qalqon” jamoasi va faolligi uchun”Vatanparvar” jamoasi maktab faxriy yorliqlari bilan taqdirlandilar.
“14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan 12 yanvar kuni tuman markazida o`tkazilgan harbiylar chiqishi, qurol-aslahalar namoyishida, yugurish, qo`l kurash, arqon tortishish musobaqalarida maktabning yuqori sinf o`quvchilaridan 37 nafari maktab yoshlar yetakchisi D. Nurmetova, chaqiruvga qadar boshlang`ich harbiy tayyorgarlik fani o`qituvchisi M. Madrahimov. Jismoniy tarbiya fani o`qituvchisi Q. Rajapov qatnashdilar va shuning bilan birgalikda tuman markazida joylashgan muzeyga ham tashrif buyurib, u yerdagi eksponatlar bilan tanishdilar.
12 yanvar kuni o`tkazilgan ma’naviyat soatlari “Milliy armiyamiz yoshlarning mardlik, matonat va jasorat maktabidir !” mavzusida o`tkazildi. Unda sinf rahbarlari ko`rgazmali qurollar va AKT dan unumli foydalanishdi.
13 yanvar kuni “Kelajakda askar bo’lamiz, qo’riqlaymiz ona Vatanni” mavzusida tadbir tashkil qilindi. Tadbirda 1-5-sinf o’quvchilari qatnashdi.
Tadbirda 2-3-4 sinf o’quvchilari Vatan posbonlariga, harbiylarga atalgan she’rlar aytib, qo’shiqlar kuylashdi.
Maktabning boshlang`ich sinf o`quvchilaridan tashkil topgan “Alpomish” va “Jaloladdin” guruhlari 7 ta shart asosida bellashdilar. 1-shart: Koptokni ilib ol. 2-shart: Olmani tutib turgan holda raqs. 3-shart: xalqani aylantirish. 4-shart: meva va sabzavotlarning nomini topish. 5-shart: stulni top. 6-shart: Olma yeyish. 7-shart. Kim birinchi marraga? . Musobaqada 15:14 hisobida “Jaloladdin” guruhi g`olib chiqdi. G`olib guruh va faol ishtirok etgan ikkinchi jamoa maktab maqtov yorliqlari va kitob sovg`asi bilan taqdirlandi.
“14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan o`tkazilgan tadbirlar o`quvchilarning harbiylikka bo`lgan qiziqishlarini oshirdi va ularda vatanparvarlik tuyg`usi yanada oshishiga xizmat qildi.
MMTIB direktor o`rinbosari: B. Kenjayev