gurlan41.uz

«Kuch bilim va tafakkurda.»
I. A. Karimov
» » 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni

14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni

Gurlan tumanidagi 41-umumiy o`rta ta’lim maktabida "14-yanvar  – Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan qilingan ishlar yuzasidan

H I S O B O T

Vatanparvarlik oyligi doirasida "14-yanvar  – Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan maktabda rasm, she’r tanlovlari qishqi ta’til oldidan o`quvchilarga e’lon qilinib ta’til davrida o`quvchilar o`z ijodiy ishlarini bajardilar. 11 yanvar kuni g`oliblar aniqlandi. Rasm tanlovida Raximboyev Jahongir (8-sinf) I o`rin, Bobojonov Doniyor (6-sinf) II o`rin,  Eshimmetov Asadbek (7-sinf)  III o`rinni, she’r tanlovida Boboxo`jayev Quvondiq (6-sinf) I o`rin, Atajanova Mahliyo  (5-sinf) II o`rin, To`liboyev Botir (6-sinf) III o`rinnni egalladi. G`olib o`quvchilar maktab faxriy va maqtov yorliqlari bilan taqdirlandilar.

"14-yanvar  – Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan 12 yanvar kuni tuman markazidagi 2-UO`T maktabida tuman maktablari o`rtasida o`tkazilgan "Yosh qutqaruvchilar” musobaqasida  maktabimiz "Lochin” guruhi ( o`quvchilarni musobaqaga jismoniy tarbiya fani o`qituvchisi Rajabov  Qudrat tayyorladi) tumanda II o`rinni egalladi va TXTMFMTTEB faxriy yorlig`i bilan taqdirlandi.

13 yanvar kuni o`tkazilgan ma’naviyat soatlari " Tinchlik uchun kurashmoq kerak !” mavzusida o`tkazildi.

 13 yanvar kuni  maktabimiz sport zalida 8 sinfning "Shunqorlar” va "Mardlar”  guruhlari ( har bir guruh 7 nafar o`quvchidan tashkil topgan) o`rtasida "Balli yigitlar”  musobaqasi  o`tkazildi. Musobaqa  5 ta shart asosida tashkil etildi. 1-shart: tosh kotarish. 2-shart: Arqon yordamida yuqoriga chiqish. 3-shart: Turnikda tortilish. 4-shart: Basketbol to`pini yugurib kelib belgilangan joydan savatga tashlash. 5-shart: Harbiy xizmatga doir savol –javob. O`quvchilarni musobaqaga jismoniy tarbiya fani (oldin ChYoT fani ) o`qituvchisi Madrahimov Mamasoli tayyorladi va musobaqani o`tkazdi. Musobaqada 8-sinf  "Shunqorlar guruhi golib chiqdi. Musobaqada  shartlar bo`yicha barcha musobaqa qatnashchilari o`z imkoniyatlarini sinovdan o`tkazishdi. Tosh ko`tarish shartida Tursunboyev Rasul ( 8 kg li toshni 41 marta ko`targan), turnikda tortilish shartida Do`simmetov Bekzod ( turnikda 20 marta tortilgan), Basketbol to`pini yugurib kelib belgilangan joydan savatga tashlash shartida Jumaboyev Doniyor ( 5 ta to`pdan 3 tasini savatga tushirgan) g`olib bo`ldilar. G`olib jamoa va yuqorida nomlari keltirilgan 3 nafar o`quvchi maktab maqtov yorliqlari bilan taqdirlandilar.

14 yanvar kuni  "Kelajakda  askar  bo’lamiz, qo’riqlaymiz  ona  Vatanni” mavzusida  tadbir  tashkil qilindi. Tadbirda  25 nafar o’qituvchi, 9 nafar ishchi -xizmatchi va 275 nafar o’quvchi qatnashdi.

       Tadbir boshida maktab direktori o`rinbosari B. Kenjayev so’zga chiqib, yurtimizdagi barcha vatan himoyachilarini ushbu qutlug’ ayyom bilan tabrikladi va ularning Vatanni himoyalashdek ulug’ va zahmatli ishlarida omadlar tiladi. Shuningdek, maktab direktori o`rinbosari yurtimizda hozirgi kunda faoliyat yuritayotgan harbiy bilim yurtlari haqida ham ma’lumot berib o’tdi.

      Tadbirda 4-sinf o’quvchisi Gulmirzayeva  Dilnoza va  3-sinf o’quvchisi  Yo’ldosheva  Dinoralar boshlovchilik  qilishdi. Boshlovchilar Qurolli kuchlarning mamlakat suvereniteti va hududiy yaxlitligini saqlash, xalqimizning tinchligi hamda bunyodkorlik mehnatini himoyalash, yosh avlodni vatanparvarlik ruhida  tarbiyalashdagi  ahamiyatini inobatga olib, hamda 1992- yil 14-yanvarda mamlakat  hududidagi harbiy  qism  va bo’linmalarning  davlatimiz tasarufiga o’tkazilishi munosabati bilan O’zbekiston Respublikasining 1993 yil 29-dekabrdagi qonuniga  binoan 14-yanvar  "Vatan himoyachilari kuni” deb e’lon  qilinganligini,  harbiy bilim  yurtlari, ulardagi yo’nalishlar  haqida ma’lumot  berib o’tdilar.

       Tadbirda 2-3-4 sinf  o’quvchilari  Vatan  posbonlariga, harbiylarga  atalgan she’rlar  aytib,  qo’shiqlar kuylashdi, sahna ko’rinishlari  namoyish  qilishdi.  Tadbir davomida O`zbekiston Qurolli kuchlariga bag`ishlangan hujjatli filmlardan videoproyektor yordamida samarali foydalanilishi tadbir saviyasini oshirdi.

      Tadbirni maktab ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari B.Kenjayev yopiq deb e’lon qildi.

"14-yanvar  – Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan o`tkazilgan tadbirlar o`quvchilarning harbiylikka bo`lgan qiziqishlarini oshirdi va ularda vatanparvarlik tuyg`usi yanada oshishiga xizmat qildi.

 

 

MMTIB direktor o`rinbosari:                     B. Kenjayev

                                                                      15.01.2017 yil

Kalit so'zlar:
Maktabimiz faxrimiz
Gurlan tumanidagi 41-son U.O`.T. maktabi.

Ko'p o'qilgan

Декабрь 2024 (3)
Ноябрь 2024 (1)
Октябрь 2024 (4)
Июнь 2024 (1)
Октябрь 2023 (2)
Сентябрь 2023 (2)

So'rovnoma

Qaysi fanlarga ko'proq qiziqarli? [?]