gurlan41.uz

«Kuch bilim va tafakkurda.»
I. A. Karimov
» » 14 yanvar – vatan himoyachilari kuni

14 yanvar – vatan himoyachilari kuni

Tadbirda 223 nafar o`quvchi, 16 nafar o`qituvchi, 7 nafar ishchi-xizmatchi, 6 nafar ota-ona, "Nukus” mahalla fuqarolar yig`ini raisi G. Jumaniyazov, mahalla diniy-ma’rifiy ishlar bo`yicha maslahatchisi O. O`razmetova, jami 254 nafar kishi qatnashdi. 

Tadbir maktab zalida soat 1425– 15 35 da bo`lib o`tdi.

Tadbirni maktab direktor o`rinbosari B. Kenjayev ochiq  deb e’lon qildi.

Maktab direktori Sh. Jumatov yig`ilganlarni bayram bilan tabriklab, o`quvchilarni, o`qituvchi, ota-onalarni, mehmonlarni, ishchi-xizmatchilarni  "14 yanvar – vatan himoyachilari kuni” bayrami bilan tabrikladi.

   Tadbirda 4-sinf o`quvchilari Do`simmetova Maftuna va Abdrimova Munosiba (o`zlariga mos harbiy kiyimda) bayram tadbirida boshlovchilik qilishdi.

Tadbir  4-sinfning 6 nafar o`quvchisi o`rtasida bellashuv tarzida o`tkazildi.

Tadbirda bellashuvga matematika fani o`qituvchisi Matkarimov Shomurot, geografiya fani o`qituvchisi Allaberganova Feruza, boshlang`ich ta’lim fani o`qituvchisi Qurbonboyeva Oygullardan iborat o`qituvchilar guruhi hakamlar hay’ati a’zolari sifatida tanishtirildi.

 Tadbir o`tkaziladigan joyga o`quvchilar o`zlariga mos ravishda tikilgan harbiy formalarda saf qo`shiqlarini ijro qilib, shahdam qadamlar bilan kirib keldi.

Bellashuv quyidagi shartlar asosida o`tkazildi:

1.     Qasamyod qabul qilish. Shart o`qish texnikasi, yurishlari, o`zlarini tutishlari va idodaligiga e’tibor beriladi.

2.     Kiyinish. 40 soniyada to`g`ri kiygan askar g`olib hisoblanadi. Bunda ular tezligi, kiyimlarining to`g`ri kiyilganligiga qarab baholanadi.

3.     Anor donachalirini ajratish va yeyish. Asosiy vaqtga, qoldirmasdan yeyishga va tozalikka e’tibor beriladi.

4.     Kir yuvish. Dog`ning qanchalik ketganligiga, kirni chayishlariga, vaqtga va albatta tozalikka rioya qilishlari kerak.

5.     Askar maktublari. Xat mazmuni, yozuv chiroyliligi, imlo xatolari e’tiborga olinadi

6.     Savol-javob. To`g`ri javob uchun 1 ball, 10 ta savol. Javob hammaga yetib borishi kerak.

7.     Qopda sakrash. Berilgan masofani bosib o`tishadi va eng kam vaqt sarflagan askar g`olib hisoblanadi.

8.     "Kim oladi shu …” . Bunda qatnashchilar shu qo`shiqni aytib yerga tashlangan bosh kiyimlarini tishlari  bilan olishlari kerak

askarlar ism,familiyasi

1- shart

10 ball

2-shart 10 ball

3-shart 10 ball

4-shart 10 ball

5-shart 10 ball

6-shart 10 ball

7-shart 10 ball

8-shart 10 ball

umumiy ball

o`rni

1

Otaxanov Javohir

9

8

6

10

9

7

9

10

68

 

2

Ko`klanov Bekzodbek

9

9

5

9

7

4

10

10

63

 

3

Komiljonov Jo`rabek

9

9

8

9

10

10

6

10

71

1

4

Gulmirzayev Diyorbek

9

10

9

9

9

9

5

10

70

2

5

Shomuratov Ma’murjon

9

10

7

10

9

5

7

10

67

 

6

Saparboyev Nodirbek

9

9

10

9

9

7

8

9

69

3

 

 

     Tadbir davomida shuningdek tadbirda yig`ilganlar uchun qiziqarli savollar berilib javoblar olindi , 4-sinf qizlari ijrosida raqs ijro qilindi.

   "Nukus” mahalla fuqarolar yig`ini raisi G. Jumaniyazov O`zbekiston qurollari kuchlari tashkil topgan kun bilan barchani tabriklab, O`zbekiston armiyasining kuch-qudrati, uning har qanday yovuz kuchlarga qarshi tura olishi haqida, yurtimizdagi tinchlik-osoyishtalikning qadriga yetib ogoh bo`lib yashashimiz kerakligi haqida o`z fikrlarini bildirdi.

       Bellashuvda qatnashgan o`quvchilar nominatsiyalar bo`yicha g`olib deb e’lon qilinib maktab faxriy yorliqlari va sovg`alar bilan, faxrli o`rinlarni egallagan o`quvchilar "Kamalak” bolalar tashkiloti faxriy yorliqlari bilan va barcha bellashuv ishtirokchilari "Kamalak” bolalar tashkiloti ko`krak belgisi bilan taqdirlanishdi. Shunigdek tadbirda matematika fanidan tuman fan olimpiadasida I-o`rinni egallagan Xaytboyev Xumoyunga TXTMFMTTEB ning faxriy yorlig`i topshirildi, "Vatan himoyasi – muqaddas burch” mavzusida o`tkazilgan inhso tanlovida g`olib bo`lgan 8-sinf o`quvchilari Jumaboyeva Madina, Artiqboyeva Maftuna, Madaminova Muhabbat, she’r tanlovida g`olib bo`lgan 8-sinf o`quvchisi Jumaboyeva Madina, 7-sinf o`quvchisi Boboxo`jayeva Lobar, 5-sinf o`quvchisi Matkarimova Hakima, rasm tanlovida g`olib bo`lgan 8-sinf o`quvchilari Amangeldiyeva Durdona, Sapayeva Dilnoza, Madaminova Muhabbat makatb faxriy yorliqlari bilan taqdirlandilar

Kalit so'zlar:
Maktabimiz faxrimiz
Gurlan tumanidagi 41-son U.O`.T. maktabi.

Ko'p o'qilgan

Декабрь 2024 (3)
Ноябрь 2024 (1)
Октябрь 2024 (4)
Июнь 2024 (1)
Октябрь 2023 (2)
Сентябрь 2023 (2)

So'rovnoma

Qaysi fanlarga ko'proq qiziqarli? [?]