gurlan41.uz

«Kuch bilim va tafakkurda.»
I. A. Karimov
» » Korrupsiyaga qarshi kurashamiz

Korrupsiyaga qarshi kurashamiz

Korrupsiyaga qarshi kurashamiz

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

2017-yil 10-oktabr kuni Gurlan tuman "Barkamol avlod markazi” da "Korrupsiyaga qarshi kurashamiz” shiori ostida o’tkaziladigan viloyat ko’rik-tanlovining tuman bosqichi bo’lib o’tdi.


Ko’rik-tanlovning asosiy maqsadi o’quvchi yoshlarning korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi bilimlarini oshirish, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumat tomonidan qabul qilingan qonun, qaror , farmon va farmoyishlarda belgilangan vazifalarning amalga oshirilishi yuzasidan bilimlarga ega bo’lish, Korrupsiyaga qarshi kurashishning mazmun-mohiyatini o’quvchilarga puxta o’rgatish, pirovard natijada o’quvchilar huquqiy savodxonligini hamda ijtimoiy faolligini oshirish, ularni qonunlarga itoatkorlik ruhida tarbiyalashdan iboratdir.

Bizning 41-umumiy o’rta ta’lim maktabining 9-sinf o’quvchilaridan iborat "Vatanparvar” guruhi ham 4 ta shart asosida o’zaro bellashdilar. Tanlov shartlari quyidagicha:

1-shart: Tanishtiruv

2-shart: Savol-javob

3-shart: Rasm chizish

4-shart: Sahna ko’rinishi

Ushbu shartlarning barchasida 41-maktabning "Vatanparvar” guruhi faol qatnashib, faxrli II-o’rinni egalladi va tuman XTMFMTTEB ning faxriy yorlig’i bilan taqdirlandi.

Guruh a’zolari quyidagilar:

1.      Boboxo’jayeva Lobar

2.      Ataxanova Sevara

3.      Xolboyeva Lobar

4.      O’razboyeva Sadoqat

5.      Masharipova Sabina

6.      Bekimmetov Jahongir

7.      Yangiboyev Fozil

Ko’rik-tanlov o’tkazilishi natijasida o’quvchilar Prezidentimiz Sh. Mirziyoyev aytganidek  "Jamiyat rivojiga g’ov bo’layotgan illat – bu korrupsiya balosi” ekanligini bilib oldilar.

 

Nurmetova Dilrabo, yoshlar yetakchisi

Kalit so'zlar:
Maktabimiz faxrimiz
Gurlan tumanidagi 41-son U.O`.T. maktabi.

Ko'p o'qilgan

Декабрь 2024 (3)
Ноябрь 2024 (1)
Октябрь 2024 (4)
Июнь 2024 (1)
Октябрь 2023 (2)
Сентябрь 2023 (2)

So'rovnoma

Qaysi fanlarga ko'proq qiziqarli? [?]