gurlan41.uz

«Kuch bilim va tafakkurda.»
I. A. Karimov
» » Matematika fanidan masalalar yechish bilimdoni

Matematika fanidan masalalar yechish bilimdoni

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

"18-noyabr - O`zbekiston Respublikasi davlat bayrog`i qabul qilingan kun” ga bag`ishlab 5-10-sinf o`quvchilari o`rtasida 11-noyabr kuni


"Matematika fanidan  masalalar  yechish bilimdoni”  bellashuvi  o`tkazildi. Bellashuvda quyidagi masalalar berildi.

 

1.    1. Bir necha kishi 720000 so`mni baravardan to`lashlari kerak. Agar ular 3 kishi kam bo`lsa, har biri 40000 so`mdan ortiq to`lashi kerak bo`ladi. Ular necha kishi bo`lgan ?

2.    2. Matematika fanidan nazorat ishini bajarishda sinfning 12 % o`quvchisi masalani butunlay yecha olmadi,  32 % i xato yechdi, qolgan 14 bola to`g`ri yechdi. Sinfda nechta  o`quvchi bo`lgan ?

3.    3. Quyidagi xossaga ega bo`lgan ikkita ikki xonali son topilsin: agar izlanayotgan sonlardan kattasining o`ng tomoniga 0 qo`yib, undan keyin kichik sonni yozsak, kichigining o`ng tomoniga katta sonni yozib, so`ngra 0 yozsak, shu yo`l bilan hosil bo`lgan ikkita besh xonali sonning birinchisini ikkinchisiga  bo`lsak, bo`linmada 2, qoldiqda 590 chiqadi. Undan tashqari izlanayotgan sonlardan kattasining ikki baravari bilan kichigining uch baravaridan tuzilgan sonlarning yig`indisi 72 ga teng ekanligi ma’lum.

4.       4. Ikki piyoda kishi ikki qishloqdan bir-biriga qarshi bir vaqtda yo`lga chiqdi va 3 soat-u 20 minutdan keyin uchrashdi. Agar birinchi kishi ikkinchi kishi jo`nagan joyga, ikkinchi kishining birinchi kishi jo`nagan  joyga borganidan 5 soat keyin borgan bo`lsa, har qaysi piyoda butun masofani qancha vaqtda o`tgan ?

5.      5.  Bir necha kishi zovur qazimoqchi bo`lishdi. Agar ular baravariga ish boshlashsa, butun ish 6 soatda tugar edi, lekin ular bir-biridan bir xil vaqt oralig`ida kechikib ish boshlashdi. Oxirgi kishi ishga tushgandan ishga tushish vaqti oralig`i cha  vaqt o`tgandan keyin ish tugadi; bunda har bir kishi ishning oxirigacha ishladi.

   Agar birinchi ishga tushgan kishi oxirgi tushgan kishidan 5 marta ortiq vaqt ishlagan bo`lsa, ular zovurni qancha vaqtda qazib tamomlashgan ?        

Bellashuv yakuniga ko`ra o`quvchilar quyidagi natijalarni ko`rsatdilar: 1. Kenjayeva Shahrizoda(9-sinf) – 41 ball; 2. Boboxo`jayev Quvondiq(7-sinf) – 29 ball; 3. Bobojonova Gulyor(7-sinf) – 28 ball; 4. Yuldoshev Nodirbek(7-sinf) – 28 ball; 5. Qoraboyev Jo`rabek(8-sinf) – 24 ball; 6. Norimmatov Ruxsorbek(6-sinf) – 43 ball; 7. Nazarov Quvondiq(8-sinf) – 23 ball; 8. Davlatboyev Javohir(7-sinf) – 6 ball; 9. Do`simmatov Quvonchbek(6-sinf) – 10 ball; 10. Saparboyev Nodirbek(6-sinf) – 23 ball; 11. Matkarimov Farrux(5-sinf) – 1 ball; 12. Sherimmetov Murodjon(5-sinf) – 8 ball; 13. Karimboyev Xolnazar(6-sinf) – 8 ball; 14. Urolov O`tkirbek(5-sinf) – 10 ball; 15. Po`latov Farrux(6-sinf) – 43 ball; 16. Matsapayev Diyorbek(6-sinf) – 31 ball; 17. Boboxo`jayeva Lobar(9-sinf) – 92 ball.

Bellashuv g`olibi 9-sinf o`quvchisi Boboxo`jayeva Lobar  faxriy yorliq va kitob sovg`asi, ikkinchi o`rinni egallagan 6-sinf o`quvchilari Norimmatov Ruxsorbek va Po`latov Farrux , uchinchi o`rinni egallagan 9-sinf o`quvchisi Kenjayeva Shahrizoda maqtov yorliqlari bilan taqdirlanilishi belgilandi. Sinflar kesimida qaraydigan bo`lsak 6-sinf o`quvchilari jami 158 ball bilan I-, 9-sinf o`quvchilari 133 ball bilan II-, 7-sinf o`quvchilari 91 ball bilan III-,8-sinf o`quvchilari 47 ball bilan IV-, 5-sinf o`quvchilari 19 ball bilan V-, 10-sinf o`quvchilari 0 ball bilan VI-o`rinni egalladilar.

Kalit so'zlar:
Maktabimiz faxrimiz
Gurlan tumanidagi 41-son U.O`.T. maktabi.

Ko'p o'qilgan

Декабрь 2024 (3)
Ноябрь 2024 (1)
Октябрь 2024 (4)
Июнь 2024 (1)
Октябрь 2023 (2)
Сентябрь 2023 (2)

So'rovnoma

Qaysi fanlarga ko'proq qiziqarli? [?]