O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarining mazmun-mohiyatini o‘quvchilar ongiga singdirish, ularning huquqiy savodxonligi va madaniyatini yanada oshirish, ular o‘rtasida sog‘lom raqobatni shakllantirish, o‘quvchilar erishayotgan natijalarni targ‘ib qilish va qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining "Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida"gi Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 fevraldagi "Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining qoidalarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PK-2752-son Qarori mazmun-mohiyatini o‘quvchi yoshlar ongiga singdirish maqsadida maktabning 7-10-sinf o`quvchilariga, ularning sinf rahbarlariga «Korrupsiyaga qarshi kurashamiz» shiori ostida o‘tkazilgan viloyat ko‘rik-tanlovi va uning nizomi haqida ma’lumot 23 oktabr kuni yetkazildi va ko`rik-tanlovga tayyorgarlik uchun bir hafta muhlat berildi. Hakamlar hay’ati shakllantirildi. Hakamlar hay’ati raisi va boshlovchi MMIBDO` B. Kenjayev, 1-shart tanishtiruv va 4-shart sahna ko`rinishini maktab amaliyotchi ruhshunosi D. Shomuratova, tarix fani o`qituvchisi G`. Amatov, ona tili va adabiyoti fani o`qituvchisi M. Masharipova, 2-shart savol-javob sharti bo`yicha savollarni tuzish va o`quvchilar javoblarini baholash maktab yoshlar yetakchisi D. Nurmetova, 3-shart o`quvchilar tomonidan chizilgan rasm Z. Bazarboyeva tomonidan baholanadigan bo`ldi. 30 oktabr kuni soat 13:50 – 15:30 da maktab ma’naviyat zalida ko`rik tanlov bo`lib o`tdi.
t/r |
sinf |
I-shart |
II-shart |
III-shart |
IV-shart |
jami ball |
o`rni |
1 |
10 |
24 |
9 |
22 |
25 |
80 |
II |
2 |
9 |
25 |
17 |
25 |
24 |
91-4=87 |
I |
3 |
8 |
22 |
12 |
20 |
22 |
76 |
III |
4 |
7 |
23 |
0 |
23 |
23 |
69 |
IV |
Yakuniy natijaga ko`ra 9-sinfning Vatanparvar jamoasi I-o`rinni egalladi va jamoa hamda jamoa a’zolari L. Boboxo`jayeva, S. Ataxanova, S. O`rozboyeva, S. Masharipova, L. Xolboyeva, J. Bekimmetov, F. Yangiboyev, 10-sinf o`quvchilari Sh. Xaytboyeva, D. Sapayeva, D. Amangeldiyeva, X. Jumaboyev , 8-sinf o`quvchilari Z. To`liboyeva, X. Tursunboyeva, 7-sinf o`quvchisi D. Bobojonovlar maktab faxriy yorliqlari bilan taqdirlandi. jamoalarning tanishtiruv, rasm chizish va sahna ko`rishi bo`yicha chiqishlari yuqori darajada bo`lganligi, lekin ishtirokchilarning O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi va qonunlarini hamda mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashishda huquqiy sohada olib borilayotgan islohotlarni bilishlari qoniqarli darajada emasligi va demak, o`quvchilarning huquqiy savodxonligini oshirishga jiddiy e’tibor qaratish kerakligini ta’kidladi.