Bizga ma`lumki respublikamizda jismoniy tarbiya va sportga juda katta ahamiyat berilmoqda. Bunga misol qilib maktab o`quvchilari o`rtasida "Quvnoq startlar”, "Umid Nihollari”, Akademik litsey va kasb hunar kollejlari o`rtasida "Barkamol Avlod”, Oliy ta`lim muassalari o`rtasida "Universiada” sport musobaqalari o`tkazib kelinmoqda. Shu munosabat bilan 2017 yil 5-oktabr kuni Gurlan tumanidagi 41- umumiy o`rta ta`lim maktabida ham o`quvchilarni sportga jalb qilish, ta`lim muassasida sportni ommalashtirish maqsadida Quvnoq startlar musobaqasi o`tkazildi. Musobaqa maktabning 4A sinfning "Chaqqonlar” hamda 4B sinfning "G`alaba” jamoalari o`rtasida bo`lib o`tdi. Sport tadbirida jamoalar 5 ta shart bo`yicha o`zaro kuch sinasdilar. Musobaqa tomoshabinlar olqishi ostada, hayajonli daqiqalarga boy tarzda bo`lib o`tdi. Yakuniy natijalarga ko`ra bellashuvni uyushqoqlik bilan o`tkazgan 4B sinfning "G`alaba” jamoasi musobaqa g`olibiga aylanishdi. Quvnoq startlar musobaqasi g`olib va sovrindorlari maktab ma`muriyati tomonidan faxriy yorliq va esdalik sovg`alar bilan taqdirlanishdi. Musobaqa tomoshabinlarda chuqur tassurot qoldirdi.
Q.Rajapov , jismoniy tarbiya fani o`qituvchisi