Zulfiya nomidagi davlat mukofotiga nomzodlarni tanlashning tuman bosqichi 17 oktabr 2017 yil tumandagi 9-son musiqa va san’at maktabida o`tkazildi. Tadbirda tuman xotin –qizlar qo`mitasi raisi, hokim o`rinbosari Nigora Xaytimmetova, tuman XTMFMTTEB mudiri o`rinbosari Shirin Kamalova, "Zulfiya nomidagi davlat mukofoti” sovrindori Shirin Raximova va tumandagi umumiy o`rta ta’lim maktablari va kollej o`quvchilardan ushbu mukofotga tavsiya etilganlar va ularning ustozlari qatnashdilar. Tadbirning ochilish marosimida yuqorida nomlari keltirilgan insonlar o`zlarining tabrik so`zlarini bildirdilar. Tanlov 5 ta yo`nalish: Adabiyot, san’at, madaniyat, fan, ta’lim yo`nalishlari bo`yicha o`tkazildi. Tanlovda maktabimiz sha’nini Jumaboyeva Arjumand (10-sinf,fan), Xaytboyeva Shahodat (10-sinf, madaniyat), Jumaboyeva Madina (10-sinf, adabiyot), Xolboyeva Lobar (9-sinf, san’at), Boboxo`jayeva Lobar (9-sinf, ta’lim) himoya qildilar. Tadbir yakunida Shirin Kamalova tomonidan tanlovda ishtirok etayotgan 41-maktab o`quvchilarining hujjatlari puxta, nizom asosida tayyorlanganligi e’tirof etildi va barchaga namuna qilib ko`rsatildi. Maktabimiz o`quvchilaridan Jumaboyeva Arjumand II o`rinni, Jumaboyeva Madina I o`rinni, Boboxo`jayeva Lobar I o`rinni egallashdi va tuman xotin-qizlar qo`mitasining faxriy yorliqlari va kitob sovg`asi bilan taqdirlandilar.