Ushbu ko`rik-tanlov 4 ta yo`nalishda: insho yo`nalishi, ertak va hikoya yo`nalishi, tasviriy san’at yo`nalishi va nazm yo`nalishi bo`yicha o`tkazildi. Har bir yo`nalish bo`yicha 3 tadan g`olib o`quvchilar ism, familiyalari "Tong yulduzi” gazetasining 11-sentabr 2017 yil №37(67150) soni2-betida e’lon qilindi. Respublika bo`yicha g`olib bo`lgan 12 nafar o`quvchidan 2 nafari bizning Gurlan tumanidagi 41-umumiy o`rta ta’lim maktabi o`quvchilari ekanligi maktab o`qituvchi, o`quvchi va ishchi-xizmatchilarini benihoya xursand qildi. Jumladan ertak va hikoya yo`nalishida maktabimiz 7-sinf o`quvchisi Hakima Matkarimova 2-o`rinni, tasviriy san'at yo`nalishi bo`yicha 9-sinf o`quvchisi Lobar Xolboyeva 3-o`rinni egalladi. Bu o`quvchilarimizni yutuqlari bilan tabriklaymiz va bundan keyingi o`qish va ijodlarida muvaffaqiyat tilaymiz !