"Fevral oyi – matematika va informatika fanlari oyligi” munosabati bilan maktabimiz 8- va 9- sinf o`quvchilari o`rtasida 23 fevral 2017 yil matematika fanidan bellashuv o`tkazildi.
Bellashuv 8 ta shart asosida o`tkazildi.
1. Tanishtiruv (6 daqiqa, 10 ball)
2. Devoriy gazeta (10 ball, tadbir o`tkaziladigan kun ertalab ijodiy ishlar hakamlar hay’atiga topshirilgan)
3. Buklet(10 ball, tadbir o`tkaziladigan kun ertalab ijodiy ishlar hakamlar hay’atiga topshirilgan)
4. Test sinovi (6 daqiqa, 12 ta test savoli, jami 12 ball)
5. Krossvord ( 3 daqiqa, 10 ball)
6. Savol-javob ( har guruhga 6 ta savoldan, jami 12 ball)
7. Ziyraklik bahsi ( 10 ball, rasmdan aytilgan sondan boshlab ikki xonali sonlarni topish )
8. Masala (10 daqiqa, har guruhga 6 ta masaladan, jami 18 ball)
Bellashuvda 8-sinf o`quvchisi Quronboyeva Mashhura boshlovchilik qildi.
Tadbir davomida 5-sinf o`quvchilari "Xo`p-xo`p” o`yini, 8-sinf o`quvchilari "Matematik termin” aytishish bahsida qatnashib "Xo`p-xo`p” o`yinida Saparboyev Nodirbek, "Matematik termin” aytishish bahsida O`rozboyeva Sadoqat g`olib bo`lib tomoshabinlar olqishiga sazovor bo`lishdi. 9-sinf o`quvchisi Jumaboyeva Madina Muhammad Yusufning "Matematikani yomon ko`raman” she’rini ifodali ,yoddan aytib berdi.
Bellashuv ishtirokchilari bilan tarnishing.
Al Xorazmiy (8-sinf) guruhi:
1. Boboxo`jayeva Lobar
2. Yo`ldosheva Kumush
3. Saparboyev Begzod
4. Abdirimova Zilola
5. Ataxanova Sevara
6. Samandarov Temur
Al Beruniy (9-sinf) guruhi:
1. Po`latov Furqat
2. O`rolov Jonibek
3. Artiqboyeva Maftuna
4. Do`simmatov Sarvar
5. Sobirova Sohiba
6. Siytimmatov Otamurod
t/r |
1 |
2 |
3 |
4 |
5 |
6 |
7 |
8 |
jami |
Xorazmiy |
9 |
10 |
10 |
11 |
10 |
9 |
9 |
18 |
86 |
Beruniy |
9 |
9 |
9 |
6 |
10 |
5 |
10 |
13 |
71 |
Bellashuv yakunida g`olib guruh maktab faxriy yorlig`I va kitob sovg`asi, a’zolari maqtov yorliq, mag`lub jamoaning eng faol 3 ta ishtirokchisiga ham maktab maqtov yorliqlari berildi.