gurlan41.uz

«Kuch bilim va tafakkurda.»
I. A. Karimov
» » Biz giyohvandlikka qarshimiz !

Biz giyohvandlikka qarshimiz !

"Biz giyohvandlikka qarshimiz !” shiori ostida tanlov o`tkazildi.

"Fevral oyi – yoshlar o`rtasida giyohvand vositalar tarqalishiga qarshi kurash oyligi munosabati bilan maktabda insho, she’r, referat, buklet, rasm tanlovlari o`tkazildi.

1.     Insho tanlovi.

Jami ijodiy ishlar soni: 45 ta.

G`oliblar:

1.     Masharipova Sabina (8-sinf)

2.     Ataxanova Sevara (8-sinf)

3.     O`razboyeva Sadoqat (8-sinf).

2.                    Referat  tanlovi.

Jami ijodiy ishlar soni: 10 ta.

G`oliblar:

1.     O`rolov Jonibek (9-sinf)

2.     To`liboyeva Zubayda (7-sinf)

3.     Gulmirzayev Diyorbek (5-sinf).

3.                    Buklet  tanlovi.

Jami ijodiy ishlar soni: 2 ta.

G`oliblar:

1.     O`rozboyeva Sadoqat (8-sinf)

2.     Madaminova Muhabbat (9-sinf)

4.                    Rasm   tanlovi.

Jami ijodiy ishlar soni: 46 ta.

G`oliblar:

1.     Xolboyeva  Lobar (8-sinf)

2.     Jumaboyeva Lobar (9-sinf)

3.     Amangeldiyeva Durdona (9-sinf)

 

5.                    She’r  tanlovi.

Jami ijodiy ishlar soni: 8 ta.

G`oliblar:

1.     Boboxo`jayeva Lobar (8-sinf)

2.     Amanboyeva Mohinur (9-sinf)

3.     Omanboyev Nodirbek (6-sinf)

 

 

Quyida she’r tanlovi g`olibi 8-sinf o`quvchisi Boboxo`jayeva Lobarning ijodiy ishi bilan tanishishingiz mumkin.

              

Giyohvandlik


Hayotning notekis, sirli yo`lida

Ketib borayotgan har bitta inson,

Adashmas yo`lidan, qing`ir yo`llarga

Unga hamroh bo`lsa  aql-u ham iymon.

 

Har bir qadamida orzusin o`ylab,

Amalga oshirmoq istaydi har on.

Hayotning yo`lida ertagin so`ylab,

Davomin yozadi har bitta inson.

 

Kitobni o`ziga do`st deb bilganlar,

Ota-onasini hurmat qilganlar,

Vatanning koriga yaray deganlar,

Quloq tutganida so`ylaydi vijdon.

 

Ey farzand, sening yo`ling poylovchilar ko`p,

Har tarafdan to`r tashlab ovlovchilar ko`p,

O`zlarin haq ko`rsatib, chorlovchilar ko`p,

Lek o`zingga ishonsang topilgay imkon.

 

Oq-u qorasini tanitsa hayot,

Yolg`iz qolgan bo`lsang bir o`zing hayxot,

Hali ham kech emas vijdoning uyg`ot,

Giyohvandlik bo`lmas to`g`ri yo`l ishon.

 

Undan alamingni olaman desang,

Aslida zaharni "asal” deb bilsang,

Ko`ra bila turib shu yo`ldan yursang,

Boshqa ortga qaytishga bo`lmaydi imkon.

 

Unutganday bo`lasan hatto dunyoni,

Iste’mol qilganda o`sha "ro`yo” ni,

Kelajagingni qoplar zim-u ziyolar,

"Shunday rohat bormikan”,- qilasan gumon.

 

O`rnak bo`lmadi senga o`zga hayoti.

Nahot yetib bormadi senga "voy-dod” i.

Oxir tugab bitganida otang bisoti-

Do`stlaring ham qochadi har taraf har yon.

 

Birovning gapiga kirib aldansang,

Ota-onagni ham qorayuz qilsang,

Tunlar xumor tutib shunday qiynalsang,

Kim yordam beradi senga ey inson.

 

Nima, senga kerak bo`ldimi qamoq ?

Xayolingga olsang-chi onagni shu choq.

Axir orzung edi-ku er-yigit bo`lmoq,

O`zing ham oylasang-chi bo`lmagin nodon.

 

Nima ham toparding giyohvandlikdan,

Hali kech bo`lgani yo`q qayt tubanlikdan,

Ortiqroq baxt bormu chin farzandlikdan,

Seni vatan kutadi, umidli o`g`lon !

Kalit so'zlar:
Maktabimiz faxrimiz
Gurlan tumanidagi 41-son U.O`.T. maktabi.

Ko'p o'qilgan

Декабрь 2024 (3)
Ноябрь 2024 (1)
Октябрь 2024 (4)
Июнь 2024 (1)
Октябрь 2023 (2)
Сентябрь 2023 (2)

So'rovnoma

Qaysi fanlarga ko'proq qiziqarli? [?]