gurlan41.uz

«Kuch bilim va tafakkurda.»
I. A. Karimov
» » Fevral oyi – yoshlar o`rtasida narkotik vositalarning tarqalishiga qarshi kurash oyligi

Fevral oyi – yoshlar o`rtasida narkotik vositalarning tarqalishiga qarshi kurash oyligi

Yig`ilish o`tkazilgan joy: Maktab II qavat foyesi

Yig`ilishda qatnashdi:Gurlan tuman IIB voyaga yetmaganlar o`rtasida huquqbuzarlikning oldini olish guruhi  inspektori Sanjarbek O`rinboyev, maktab direktori Shuhrat Jumatov, 11 nafar pedagog, maktabning 7,8,9 – sinf o`quvchilaridan 84 nafari .

                                                             

Yig`ilishda  ko`rilgan masala:

1.     "Fevral oyi – yoshlar o`rtasida narkotik vositalarning tarqalishiga qarshi kurash oyligi”

2.      Yoshlar ortasida huquqbuzarlikning oldini olish.

 

    Yig`ilishda yuqoridagi masalalar yuzasidan Gurlan tuman IIB voyaga yetmaganlar o`rtasida huquqbuzarlikning oldini olish guruhi  inspektori Sanjarbek O`rinboyev ma’ruza qildi. Ma’ruzachi ma’ruzasida giyohvandlik va uning inson organizmiga zarari, giyohvand kim ?, yoshlarning bu illatga yaqinlashmasligi, huquqbuzarlik nima ?, tumandagi yoshlar tomonidan qanday turdagi jinoyatlar sodir etilmoqda kabi masalalarga to`xtalib o`tdi. Shuningdek ma’ruzachi maktabda giyohvandlik va uning oqibatlari bo`yicha maktabda insho, rasm tanlovlari o`tkazilishi maqsadga muvofiq ekanligini ta’kidladi.

    Yuqoridagi masalalar yuzasidan muzokaralarda maktab direktori Shuhrat Jumatov, 9-sinf o`quvchisi Shahodat Xaytboyeva o`z fikr mulohazalarini bildirdilar.   Mamlakatimizda bugungi kunda yoshlarga katta e’tibor berilayapti. Ular uchun zamonaviy maktablar, kollej, akademik litseylar qurib berilgan. Ana shu imkoniyatlardan tog`ri foydalanib yoshlar butun diqqat e’tiborini ilm olishga, o`z dunyoqarashini, ma’naviyatini shakllantirishga qaratishi kerak. mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko`lamli islohatlarda yoshlarning faol ishtirokini ta’minlash, yuksak ma’naviyatli, mustaqil va erkin fikrlaydigan, zamonaviy ilm-fan yutuqlarini puxta o`zlashtirgan har tomonlama barkamol avlodni voyaga yetkazishga qaratilgan yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish bo`yicha tegishli tashkilotlar tomonidan belgilangan vazifalar amalga oshirilayotganini bildirdilar.

 Yig`ilish o`zaro savol-javob tarzida davom ettririlib,  o`quvchilar yuqoridagi masalalar va o`zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan savollar berib, savollariga tuman IIB xodimi tomonidan aniq javob oldilar.

 

Yig`ilish  qarori:

1.   "Fevral oyi – yoshlar o`rtasida nakotik vositalarning tarqalishiga qarshi kurash oyligi” munosabati bilan maktabda insho, rasm tanlovlari o`tkazilsin;

2.   O`quvchilarning huquqiy savodxonligini oshirish uchun ertaliklarda o`quvchilarga huquqiy tushunchalar berib borilsin, huquq fani o`qitilish samaradorligi oshirilsin

3.   Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish maktab direktori  Sh. Jumatov zimmasiga  yuklatilsin. 

                       

 

 

 

 


Kalit so'zlar:
Maktabimiz faxrimiz
Gurlan tumanidagi 41-son U.O`.T. maktabi.

Ko'p o'qilgan

Декабрь 2024 (3)
Ноябрь 2024 (1)
Октябрь 2024 (4)
Июнь 2024 (1)
Октябрь 2023 (2)
Сентябрь 2023 (2)

So'rovnoma

Qaysi fanlarga ko'proq qiziqarli? [?]