gurlan41.uz

«Kuch bilim va tafakkurda.»
I. A. Karimov

Fan olimpiadasi

2017 yilning 5-6-yanvar kunlari tumandagi 43 – ixtisoslashtirilgan maktab internatda fan olimpiadasi tuman bosqichi o`tkazildi. Unda tumandagi 42 ta maktab 9-sinf o`quvchilari 13 ta fan bo`yicha bellashdilar. Maktabimiz o`quvchilari 2 ta birinchi o`rinni qo`lga kiritdilar. Ingliz tili fanidan Jumaboyeva Arjumand 87 ball, informatika fanidan O`ralov Jonibek 78 ball to`plab tumanda I o`rinni egalladilar. Bu yutuqda ularning ustozlari ingliz tili fani o`qituvchisi Gulbahor Artiqova, informatika fani o`qituvchisi Islom Erjanovning hissalari katta bo`ldi. Fan olimpiadasida qatnashgan barcha o`quvchilarning natijalari bilan quyida tanishishingiz mumkin.

1.     1. Ona tili va adabiyoti. Jumaboyeva Madina – 67 ball;

2.     2. Rus tili va adabiyoti. Yaxshimuratov Jamshid – 18 ball;

3.     3. Tarix. Ko`klanova Zarnigor – 40 ball;

4.     4. Huquq. Xaytboyeva Shahodat – 61 ball;

5.     5. Ingliz tili. Jumaboyeva Arjumand – 87 ball;

6.     6. Geografiya. Madaminova Muhabbat – 47 ball;

7.     7. Informatika. O`ralov Jonibek – 78 ball;

8.     8. Matematika. Po`latov Furqat – 72 ball;

9.     9.  Fizika. Siytimmetov Otamurod – 82 ball;

10.    10.Chizmachilik. Do`simmetov Sarvar – 32 ball;

11.    11.Iqtisod. Yo`ldosheva Shohsanam – 33 ball;

12.    12.Kimyo. Nazarov  Sardor - 50 ball;

13.    13.Biologiya. Sobirova Sohiba – 56 ball.

Maktab bo`yicha o`rtacha 55,6 ball to`plandi. Bu esa o`quvchilarimizning fan olimpiadasi tuman bosqichida qatnashishini qoniqarsiz deb topilishiga asos bo`ladi. Shuning bilan birgalikda jami 13 ta birinchi o`rindan ikkitasi bizning maktab o`quvchilariniki ekanligi, bu esa  birinchi o`rinlarning 15,4 % ini tashkil etishi, ko`nglimizga biroz taskin berishi mumkin. Yuqorida nomlari keltirilgan birinchi o`rin egalariga olimpiadaning viloyat bosqichida omad tilaymiz. O`ylaymizki, ustozlari bilan puxta tayyorgarlik jarayonini olib boradilar va muvaffaqiyatga erishadilar. O`quvchilari fan olimpiadasida past natija ko`rsatgan o`qituvchilar "Bilimlar bellashuvi” da bu holni takrorlamaydi, ya’ni shogirdlari bilan reja asosida kuchli tayyorgarlik ko`radilar deb umid qilamiz. Niyat qilamizki, "Bilimlar bellashuvi” tuman bosqichida maktabimiz o`quvchilari tomonidan qo`lga kiritilajak "I o`rin” lar olimpiadadagiga qaraganda sinflar soniga proporsional ravishda oshadi.  Hurmatli ustozlar, aziz o`quvchilar "Bilimlar bellashuvi” tuman bosqichi o`tkaziladigan sanaga 75 kun qoldi. Iltimos, ushbu kunlarning har bir daqiqasidan unumli foydalanib, bilimlarimizni yuqori tayyorgarlik darajasiga yetkazaylik ! Bunda sizga sihat – salomatlik, sabr –toqat, metin irodali bo`lishingizni tilaymiz !

Kalit so'zlar:
Maktabimiz faxrimiz
Gurlan tumanidagi 41-son U.O`.T. maktabi.

Ko'p o'qilgan

Октябрь 2023 (3)
Сентябрь 2023 (2)
Июнь 2023 (1)
Май 2023 (3)
Апрель 2023 (1)
Март 2023 (1)

So'rovnoma

Qaysi fanlarga ko'proq qiziqarli? [?]