2016 yilning 22 – 26- dekabr kunlari maktabimiz barcha sinflarida ota-onalar yig`ilishlari o`tkazildi. Suhbatlarda asosiy e’tibor o`quvchilarning odob-ahloq qoidalariga amal qilishi, maktabda belgilangan ichki tartib-intizomga bo`ysunishi, ta’lim muassasalarida mobil aloqa vositalaridan foydalanish to`g`risidagi qonunga so`zsiz itoat etishi, o`quvchilarning qishqi ta’til davrini mazmunli o`tkazish haqida bordi.
Sinf rahbarlar Qurbonboyeva Oygul (3-sinf), Masharipova Mahfuza (4-sinf), Omanboyeva Nilufar (1-sinf), Yaxshimova Feruza (2-sinf), Allaberganova Feruza (5-sinf), Madatova Muborak (6-sinf), Xaytboyeva Mohira (7-sinf), Sherova Aziza (9-sinf), Nurmetova Dilrabo (8-sinf) tomonidan tashkil etilgan yig`ilishlarda shuningdek maktab direktori Sh. Jumatov, maktab ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo`yicha direktor o`rinbosari B. Kenjayev, maktab o`quv tarbiya ishlari bo`yicha direktor o`rinbosari vazifasini bajaruvchi Sh. Matkarimov qatnashdilar.
Maktab direktori Sh. Jumatov 9-sinf ota-onalari bilan suhbat jarajonida o`quvchilarni kasbga yo`llash, yangi yil bayram tadbiri-oilaviy bayram ekanligiga e’tiborni qaratib, o`quvchilarning 1-so`rov bo`yicha javoblarini ota-onalar bilan muhokama qildi va yo`l-yo`riq ko`rsatdi. Ayrim o`quvchilarning o`qishida pasayishlar kuzatilyotganini aytib, farzand tarbiyasiga, ularning ta’lim olishiga e’tiborni susytirmaslikni so`radi. Shuningdek o`quvchilar ichida mobil aloqa vositalaridan noto`g`ri foydalanish holati ham uchraganligini ta’kidlanib, o`quvchilarning maktabga mobil aloqa vositalarini olib kelishi taqiqlanishi, uyda ham faqat ota-ona nazorati ostidagina foydalanish zarurligini ta’kidlab o`tdi. Tug`ilgan kunlari munosabati bilan ziyofatlar tashkil etilishi taqiqlanishini bildirdi. Yangi yil bayram tadbirini ko`chada uyma-uy kirib, boshqalarni bezovta etib emas, balki uyda, oila davrasida nishonlash kerakligini aytib o`tdi. Ota-onalardan so`z olganlar sinf o`quvchilari tomonidan tug`ilgan kunlarni nishonlash bu o`quv yilida bo`layotganligini aytgan holda farzandlari bu tadbirlarda qatnashayotganliklari uchun ularning gap-so`zidan o`zlaridagi ma’suliyatni kam his qilayotganini sezish mumkin. Farzand tarbiyasi, uning ta’limni davom ettirishi oila kelajagi uchun naqadar muhim ekanligini anglash ota-onalar uchun nihoyatda muhimdir.
Maktab MMIB direktor o`rinbosari B. Kenjayev 8-sinf ota-onalari bilan yig`ilishda bugungi kundagi eng muhim, dolzarb masala o`quvchilar tomonidan mobil aloqa vositalaridan noto`g`ri foydalanish ekanligiga qaratdi. 8-sinf o`quvchilari tomonidan ham mobil aloqa vositasini maktabga olib kelish holati uchraganligi, lekin maktabda mobil aloqa vositasidan foydalanish o`quvchi uchun nimaga kerak, uning o`rniga asosiy e’tiborni bugungi kunda ustozlar tomonidan berilayotgan bilimni olish kerak, o`qituvchidan foydalanish kerak, ya’ni o`qituvchi qo`shimcha mashg`ulot o`tsin, o`quvchi esa bilimini mustahkamlab, hozirdan oliy o`quv yurti kirish test savollariga tayyorgarlikni boshlasin. Shuningdek qizlar tarbiyasi, ularning kiyinish madaniyati, qishqi ta’til davrida o`quvchilar uchun "Bilimlar bellashuvi”, "Umid nihollari” sport o`yinlariga tayyorgarlik bo`lishi, ya’ni mashg`ulotlar o`tkazilishi va bu mashg`ulotlarda ota-onalarga farzandlari faol qatnashishi kerakligini bildirdi.
Shuningdek ota-onalardan qishqi ta’til davrida farzandlarining pirotexnika vositalaridan foydalanmasliklari, harakat xavfsizligi, yong`in xavfsizligi qoidalariga rioya qilishi va ta’tilni mazmunli o`tkazish bo`yicha kafolat xatlari olindi.
26-dekabr kuni MMMIBDO` B. Kenjayev 8,9-sinfning har biri bilan alohida o`quvchilarning odob-ahloq qoidalariga amal qilishi, maktabda belgilangan ichki tartib-intizomga bo`ysunishi, ta’lim muassasalarida mobil aloqa vositalaridan foydalanish to`g`risidagi qonunga so`zsiz itoat etishi, o`quvchilarning qishqi ta’til davrini mazmunli o`tkazish haqida suhbat o`tkazdi. Har bir o`quvchidan odob-ahloq qoidalariga amal qilishi, maktabda belgilangan ichki tartib-intizomga bo`ysunishi, ta’lim muassasalarida mobil aloqa vositalaridan foydalanish to`g`risidagi qonunga so`zsiz itoat etishi bo`yicha tushuncha xatlar olindi.
Bugungi kunda farzandlarimiz tarbiyasi, ilm olishiga ma’suliyatsizlik bilan qarashimiz, kelajagimizga xiyonatdir.
Ogoh bo`ling, hurmatli ota-onalar, ustozlar, aziz o`quvchilar !