Gurlan tumanidagi 41-umumiy o’rta ta’lim maktabida ,,Baxtli bolaligim’’, ,, Tinchlik eng oliy ne’mat, uning chun kurashmoq kerak’’ mavzularida o’tkazilgan insholar tanlovi
BAYONNOMASI
24-sentabr 2016-yil Birlashgan qishlog’i
Yig’ilish raisi: B.Kenjayev
Yig’ilish kotibasi: M.Xayitboyeva
A’zolari: M.Masharipova
Qatnashdilar: Maktabimiz ona tili va adabiyoti sho’basi a’zolari, 5-9-sinf o’quv-chilari
Yig’ilish kun tartibida
1.,,Baxtli bolaligim’’, ,,Tinchlik eng oily ne’mat, uning uchun kurashmoq kerak’’
mavzularida insholar tanlovini o’tkazish haqida.
2.Tanlov yakuni va u haqida bildirilgan fikrlar, tanlovda faol qatnashgan o’quvchilarni taqdirlash.
Eshitildi:
1.Yig’lish kun tartibidagi birinchi masala yuzasidan ona tili va adabiyot fanlari
sho’basi raisi M. Xayitboyeva 5-6-7-sinflarda ,,Baxtli bolaligim’’, 8-9-sinf o’quvchilari o’rtasida ,,Tinchlik eng oily ne’mat, uning uchun kurashmoq kerak’’
mavzularida o’tkazilgan insho tanlov, o’quvchilarning yozma ishlari to’g’risida o’z fikrlarini bildirdi.
2.Kun tartibidagi ikkinchi masala yuzasidan MMIBDO’ B.Kenjayev o’z fikrlarini
bildirdi. U o’z so’zida 5-9-sinflar o’rtasida o’tkazilgan insholar tanlovi yuqori saviyada o’tkazilganligini ta’kidlab, tanlov faollarini taqdirlashni taklif qildi.
Hakamlar hay’ati o’rinlarni quyidagicha taqsimladi:
5-6-7-sinf o’quvchilari o’rtasidagi ,,Baxtli bolaligim’’ mavzusi bo’yicha
I o’rin 6-sinf o’quvchisi Matkarimova Hakima
II o’rin 7-sinf o’quvchisi Ataxonova Maftuna
III o’rin 7-sinf o’quvchisi Nazarova Durdona
8-9-sinflar o’rtasida o’tkazilgan ,,Tinchlik eng oliy ne’mat, uning uchun kurashmoq kerak’’ mavzusi bo’yicha
I o’rin 9-sinf o’quvchisi Artiqboyeva Maftuna
II o’rin 9-sinf o’quvchisi Sapayeva Dilnoza
III o’rin 9-sinf o’quvchisi Jumaboyeva Madina
Yuqorida bildirilgan fikrlar yuzasidan yig’ilish
Qaror qiladi:
1.Maktabda ,,Baxtli bolaligim’’, ,,Tinchlik eng oily ne’mat, uning uchun kurahmoq kerak’’ mavzularida o’tkazilgan insholar tanlovida faxrli o’rinlarni olgan o’quvchilar maktab ,,Faxriy yorliq’’lari va sovg’alari bilan taqdirlansin.
2.Maktabda I o’rinni egallagan o’quvchilarning ishlari tuman bosqichiga topshirilsin. Insholarning tuman bosqichida ishtirok etishi maktabning ona tili va
adabiyot o’qituvchisi M. Xayitboyeva zimmasiga yuklatilsin.
Yig’ilish raisi: B.Kenjayev
Yig’ilish kotibi: M.Xayitboyeva