gurlan41.uz

«Kuch bilim va tafakkurda.»
I. A. Karimov

Maktabim

Maktabim

Mustaqil yurtda olyapman bilim,

Ko`p narsa o`rgandim, biyrondir tilim,

Bugungi o`zgarishdan yayraydi dilim,

Maktabim o`zgarib ketibdi buncha,

Meni o`rab oldi ezgu tushuncha.

 

Sharoit ko`payib qoldi anchayin,

Ko`zing quvonadi qaragan sayin,

Lol bo`lib qolasiz hatto bilmayin,

Maktabim o`zgarib ketibdi buncha,

Meni o`rab oldi ezgu tushuncha.

 

Qad ko`tardi sport zali bir yonda,

Ko`chatlar ekilib o`ng-so`l tomonda,

Bu yerda o`qimagan bo`lar armonda,

Maktabim o`zgarib ketibdi buncha,

Meni o`rab oldi ezgu tushuncha.

 

Keng va yorug` xonalar ko`payib qoldi,

Eski maktab o`rnini yangisi oldi,

Xudoyim ko`nglimga bir niyat soldi,

Maktabim o`zgarib ketibdi buncha,

Meni o`rab oldi ezgu tushuncha.

 

Shu maktabim uchun qilayin xizmat,

Imkoniyatlar uchun yurtboshimga rahmat,

O`quvchilar hammasi qilishar hurmat,

Maktabim o`zgarib ketibdi buncha,

Dilimdan joy oldi ezgu tushuncha.

 
Boboxo`jayeva Lobar, 8-sinf o`quvchisi.
Kalit so'zlar:
Maktabimiz faxrimiz
Gurlan tumanidagi 41-son U.O`.T. maktabi.

Ko'p o'qilgan

Октябрь 2023 (3)
Сентябрь 2023 (2)
Июнь 2023 (1)
Май 2023 (3)
Апрель 2023 (1)
Март 2023 (1)

So'rovnoma

Qaysi fanlarga ko'proq qiziqarli? [?]