gurlan41.uz

«Kuch bilim va tafakkurda.»
I. A. Karimov

Veb-sayt nima ?

 Internet – dunyo bo`ylab joylashgan va yagona tarmoqqa birlashtirilgan minglab kompyuter tarmoqlarining majmuidir. WWW ya’ni World Wide Web internetning bir qismi bo`lib, butunjahon o`rgimchak to`ri ma’nosini anglatadi. WWW da axborot maxsus sahifalarda, ya’ni veb-sahifalarda joylashadi. Veb-sahifaga matn, rasm, tovush, videotasvir va hokazo ko`rinishdagi axborotlarni joylashtirish mumkin.    Bitta tashkilot yoki xususiy shaxsga tegishli va mazmuniga ko`ra o`zaro bog`langan bir nechta Veb-sahifalar majmui Veb-sayt deyiladi. Veb-saytni kitobga, Veb-sahifani esa kitobning sahifasiga o`xshatish mumkin. Veb-saytdagi Veb- sahifalar o`zaro gipermatn yordamida bog`lanadi. Gipermatn Veb-sahifaning biror qismiga yoki boshqa Veb- sahifaga bog`liqligini ko`rsatuvchi bo`lib, u so`z yoki rasm ko`rinishida bo`lishi mumkin. Gipermatn yordamida Veb-sahifaning kerakli qismiga yoki boshqa Veb-sahifaga tez va oson o`tiladi, bu hol kerakli qism yoki Veb-sahifaga gipermurojaat deb ataladi. Veb- saytlar ham, Veb-sahifalar ham Veb-server deb ataluvchi Internetga ulangan maxsus kompyuterlarda saqlanadi va o`z manziliga ega bo`ladi.

                                                              Informatika                                                                        Umumiy o`rta ta’lim maktablarining 7-sinfi uchun darslik                                                                                                  B. Boltayev, M. Mahkamov, A. Azamatov, S. Rahmonqulova  

Kalit so'zlar:
Maktabimiz faxrimiz
Gurlan tumanidagi 41-son U.O`.T. maktabi.

Ko'p o'qilgan

Октябрь 2023 (3)
Сентябрь 2023 (2)
Июнь 2023 (1)
Май 2023 (3)
Апрель 2023 (1)
Март 2023 (1)

So'rovnoma

Qaysi fanlarga ko'proq qiziqarli? [?]