gurlan41.uz

«Kuch bilim va tafakkurda.»
I. A. Karimov

Yangiliklar :: Kun qahramoni

25-12-2025, 11:01
Bugun respublikamizning yangi baholash tizimiga o`tgan umumiy o`rta ta'lim maktablari 11-sinf o`quvchilari  algebra va ingliz tili fanlaridan CHSB topshirmoqdalar.  11-a - sinf o`quvchilaridan 7 nafari algebra fanidan maksimal 40 ball top`ladilar. Ulardan Ismoilov Og`abek va Tursunboyev Doniyorbek kun qahramoni deb topildilar. O`quvchilarimizni ushbu yutuq bilan tabriklaymiz. 



Yangiliklar :: Alifbe bayrami

23-12-2025, 21:33
23-dekabr kuni maktabimizning 1-"A" sinf o'quvchilarining "Alifbe bayrami" o'tkazildi. Alifbe bayramida o'quvchilar Vatan haqida, harflar haqida she'rlar yod aytishdi. Chiroyli raqslar va sahna ko'rinishlari namoyish qilishdi.


Yangiliklar :: "Xayr, 2025-yil" matematika olimpiadasi

22-12-2025, 20:08
2025-yilni kutib olarkanmiz, bu yildan umidlarimiz katta edi. Bu yil mo`jizakor yil bo`lishi haqida ko`p aytildi, yozildi. Ha, haqiqatan bu yil men uchun unitilmas yil bo`ldi. O`qituvchi sifatida Milliy sertifikat A+ daraja, Attestatsiya 94 ball, attestatsiya natijasiga ko`ra 70% lik ustama, SAT xalqaro sertifikati kabi bir qator yutuqlarni qo`lga kiritdim. 2025-yil bilan munosib xayrlashish maqsadida 5-sinf o`quvchilari o`rtasida "Xayr, 2025-yil" matematika olimpiadasini o`tkazdim. Unda yuqori natija ko`rsatib g`olib bo`lgan 6 nadar o`quvchi: Kamiljanova Mushtariy (1-o`rin), Xaytboyev Sardor (1-o`rin), Allayarova Lobar (2-o`rin), Davlatboyeva  Zebuzar (2-o`rin), Zaripboyeva Jasmina (3-o`rin), Erkaboyev Donyorbek (3-o`rin) maktab faxriy yorliqlari va maqtov yorliqlari bilan taqdirlandilar. 


Yangiliklar :: Asosiy fan olimpiadasi tuman bosqichi g`oliblari taqdirlandilar.

21-11-2025, 18:57
Asosiy fan olimpiadasi tuman bosqichi g'oliblari tuman maktabgacha va maktab bo'limi tomonidan diplomlar bilan taqdirlandilar. Maktabimiz o`quvchilaridan 7 nafari g`oliblar safidan joy olishdi, shulardan 4 nafari 1-o`rin, 3 nafari 2-o`rinni egalladilar. Ismoilov Og`abek (11-sinf, matematika), Aminova Malika (10-sinf, rus tili), Jumaboyeva Fotima (9-sinf, rus tili), Sobirova Xumoroy (9-sinf, informatika) 1-o`rinni egallab 1-darajali diplomlar bilan, Jumaboyeva Mushtariy (11-sinf, rus tili), Qurolova Zuhra (9-sinf, matematika), Xaytboyeva Oltinoy (9-sinf, geografiya) 2-o`rinni egallab 2-darajali diplomlar bilan taqdirlanishdi.


Yangiliklar :: Ha, biz uddaladik.

6-09-2025, 07:52
Ha, biz uddaladik. Men Kenjayev Bahodir va shogirdim Abdullayev Hamidjon mustaqil tayyorgarlik koʻrib SAT xalqaro sertifikatni qoʻlga kiritdik.



Назад 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 ... 59 Вперед
Maktabimiz faxrimiz
Gurlan tumanidagi 41-son U.O`.T. maktabi.

Ko'p o'qilgan

Декабрь 2025 (3)
Ноябрь 2025 (1)
Сентябрь 2025 (1)
Июнь 2025 (1)
Май 2025 (1)
Март 2025 (2)

So'rovnoma

Qaysi fanlarga ko'proq qiziqarli? [?]