gurlan41.uz

«Kuch bilim va tafakkurda.»
I. A. Karimov
banner 240x80px

Yangiliklar :: "Ota-onalarga umumiy o`rta ta’lim muassasalari jamoasining 2018 yilga mo`ljallangan reja va ustuvor vazifalarining taqdimoti” mavzusida o`tkazilgan ota-onalar yig`ilishi

20-01-2018, 00:00
Bugungi taqdimotimiz kun tartibiga bugungi kunda eng dolzarb bulgan 3 ta masala kiritilgan.
Birinchi masala - farzandlarimizning ta’lim-tarbiya olishlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar, mavjud muammolar va ularning yechimi to`grisida.
Ikkinchi masala - maktabda o`quvchilar davomatini ta’minlash va ta’lim-tarbiya sifati va samaradorligini oshirishga qaratilgan chora- tadbirlarning natijadorligi hamda kelgusidagi vazifalar to`grisida.
Navbatdagi masala - kelgusida Siz ota-onalar va biz ta’lim muassasasi xodimlari bilan hamkorlikda amalga oshirishimiz lozim bulgan ishlarimiz to`grisida.


Yangiliklar :: Harbiy vatanparvarlik oyligi

15-01-2018, 13:50
Harbiy vatanparvarlik oyligi doirasida “Milliy armiyamiz yoshlarning mardlik, matonat va jasorat maktabidir !” shiori ostida maktabda tadbirlar rejasi ishlab chiqilib, u asosda belgilangan tadbirlar muvaffaqiyatli amalga oshirildi.


Yangiliklar :: Fan olimpiadasi tuman bosqichi yakunlandi

11-01-2018, 13:58
Fan olimpiadasi tuman bosqichida ishtirok etgan 25 nafar o`quvchidan 4 nafari sovrindor bo`ldi. Matematika fanidan maktabimiz sha'nini munosib himoya qilgan 9-sinf o`quvchisi Boboxo`jayeva Lobar I-o`rinni, geografiya fanidan 9-sinf o`quvchisi Bekimmetov Jahongir II-o`rinni, 10-sinf o`quvchisi  Madaminova  Muhabbat III-o`rinni, ingliz tili fanidan 10-sinf o`quvchisi Jumaboyeva Arjumand III-o`rinni egalladi. Umumiy holda maktabimiz o`quvchilarining fan olimpiadasi tuman bosqichidagi qatnashishini muvaffaqiyatli deb bo`lmaydi.


Yangiliklar :: Sirdaryolik xalq ta'limi xodimlari Xorazmda

9-01-2018, 14:16
Sirdaryo viloyati TXTB mudirlari, maktab direktorlaridan tashkil topgan guruh 7-9-yanvar kunlari Xorazmda bo`lishdi. Jumladan 8-yanvar kuni Gurlan tumanining 30, 41, 37, 28, 6, 5 - maktablarida bo`lgan Sirdaryolik mehmonlar maktablarda amalga oshirilayotgan ijobiy ishlar, fidoiy ustozlarning ish tajribalaridan bahramand bo`lishdi.


Yangiliklar :: Al-Xorazmiy nomidagi xalqaro olimpiada

6-01-2018, 16:02
Matematika fanidan Al-Xorazmiy nomidagi xalqaro olimpiadaga tayyorgarlik butun viloyatimizda qizg`in bormoqda. 2017 yil  25 dekabr kuni ushbu xalqaro olimpiada maktab bosqichi 2004 yil 25 iyuldan keyin tug`ilgan o`quvchilar o`rtasida o`tkazilib, unda maktabning 21 nafar iqtidorli o`quvchilari ishtirok etishdi. 1-o`rinni 6-sinf o`quvchisi Komiljonov Jo`rabek 70 ball bilan, ikkin va uchinchi o`rinlarni 7-sinf o`quvchisi Boboxo`jayev Quvondiq va 6-sinf o`quvchisi Po`latov Farrux 60 ball bilan egalladilar. Ular maktab ma'muriyati tomonidan faxriy yorliq va maqtov yorliqlari bilan taqdirlandilar.
Назад 1 ... 14 15 16 17 18 19 20 21 22 ... 59 Вперед
...
...
Maktabimiz faxrimiz
Gurlan tumanidagi 41-son U.O`.T. maktabi.

Ko'p o'qilgan

Октябрь 2023 (3)
Сентябрь 2023 (2)
Июнь 2023 (1)
Май 2023 (3)
Апрель 2023 (1)
Март 2023 (1)

So'rovnoma

Qaysi fanlarga ko'proq qiziqarli? [?]