DO`STLIK
Bizlar hali yosh edik. U paytlar juda og`ir vaqtlar edi. Mening bitta do`stim bor edi. U juda qizziqqon bola edi. U paytlar juda og`ir bo`lgani uchun bir burda non uchun kecha-yu kunduz tinmay yelib –yugurar edik. Do`stim bilan oilamiz uchun bir-ikki so`m bo`lsin deb har xil ishlarni qilar edik. Na ovqatimizni na yotarimizning tayini bor edi. Ertalab oyimiz yopgan qo`limizning kaftiday keladigan zog`ora nonini olib yesak to kechgacha yetardi. Do`stim bilan nimaiki qilmaylik oxiridagi noni yoki pulini teng ikkiga bo`lar edik. Hechqachon bir-birimizga xiyonat qilmaganmiz. Shunday qilib oilada biz ota-onam men va singlim yashar edik. Bizlar qishloqdan sal nariroqda yani kanalning narigi tamonida yashar edik.O`sha kanalning ustidan bitta eski ko`prik bor edi. Har kuni o`sha ko`prikdan bizlar borib-kelar edik. Kanal juda tez oqardi. Bizlarday yoshlarni esa u kanal oqizib ketishi hech gab emasdi. Lekin yoz faslida sal sekinlashardi. Bizlar bozor aylanib yurib odamlarning narsalarini og`irlagan narsalarini o`g`irlagan bolalarni ko`rdik. Undan keyin ularni politsiya olib ketardi. Shunda men do`stigma qarab agar och qolsak ham biroxning haqqiga xiyonat qilmaslikka bir-birimizga so`z berdik. Bir kuni uyimizga ketayotsak yo`limizda 10 so`m pul yotgan ekan. Do`stim quvonib pulga qo`lini uzatgan edi qo`liga bir tepdim. Nima deb so`z berganing esingdan chiqdimi axir dedim. Do`stim uyalganidan tik yerga qarab turaverdi. U na menga qaradi na so`zlardi na indardi. Bir payt kun yorishganday do`stimga jon kirdi. Axir shuni olma deyish mumkin edi-ku. Bu tepkim hechqachon esingdan chiqmasligi uchun dedim. Bir kuni oyim kasal bolib qoldi. Men ishlab tpogan pulim oyimning dorisiga yetmay qolardi. Shunda do`stim haqiqiy chin do`stning ishini qildi. Yani o`ziningishlab topgan pulini oyimning tuzalishi uchun berdi. Men bu pulning zarurligi uchun oldim bo`lmasa olmas edim. Oyim shunday qilib tuzaldi.Men esa do`stim bilan kundan-kunga ahil bo`lib boraverdik. Xuddi aka-ukalarga o`xshab qoldik. Shunday qilib bir-birimizning boshimizga kulfat tushsa yordam beradigan bo`ldik. Bir paytlar oyim kasal vaqtlarido`stim menga ozgina pul bergandi shuni uzish uchun jon jahtim bilan ishlab o`sha qarzimdan qutildim. Bizlar har kuni tirikchilik uchun qatnaydigan ko`prik sal shikastlanibdi. Biz o`sha ko`prikdan o`tish uchun yurdik. Do`stim shunda qo`rqmasangchi o`g`il bolasang-ku . Axir bu ko`prikdan necha borib, necha qaytasan dedi. Do`stim negadir shu ko`prik menga sirayam yoqmayapti. Negadir ko`nglim g`ash. Do`stim yana qo`rqmasangchi deb yelkamni qoqib qo`ydi. Do`stim mendan ildamlab ketdi. Bir payt do`stim dedi-yu do`stim kanalga sirg`anib tushib ketdi. Men boraman deguncha kanal do`stimni mendan uzoqlashtirdi. Xuddi ko`ksimdan bir nima uzilgandek bo`ldi. Darrov kanal pishqirib oqishiga qaramay Kiyimlarimni yechib kanalga sakradim. Kanal oqimi meni do`stim tomon yetaklay boshladi. Men do`stim yoniga yetdim va uni mahkam quchoqlab oldim. Bir payt qarasam tol shoxalari boshimizni silay boshladi. Darrov tol shoxalarini ushladim va do`stimning ham ushlashini aytdim. Do`stim bilan men darrov kanaldan chiqib olib qaltiray boshladik. O`limning yonida bu qaltirash nima bo`pti. Ajal bizlarni ko`prikdan irg`izib narigi dunyoga olib ketmoqchi edi. Lekin ezgulik g`alaba qozondi. Do`stlik hamisha yutgan.
8-sinf o’quvchisi To’liboyev Botir