gurlan41.uz

«Kuch bilim va tafakkurda.»
I. A. Karimov
» » "Kamalak” bolalar tashkiloti

"Kamalak” bolalar tashkiloti

Oynoma 2014-yil 10-martdan chiqa boshlagan 41-umumiy o’rta ta’lim maktabi bolalar va o’smirlar oynomasi. 
2014-yil 10- mart N: 2


O’zbekiston Respublikasi "Kamolot” Yoshlar ijtimoiy harakati homiyligidagi "Kamalak” bolalar tashkiloti

Nizomi

1.Umumiy qoidalar

1.1. O’zbekiston Respublikasi "Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati homiyligida ish yuritadigan Bolalar tashkiloti yosh avlodni Vatanga muhabbat, istiqlol g’oyalariga sadoqat ruhida yuksak ma’naviyat,sog’lom,bilimdon qilib tarbiyalovchi bolalar tomonidan tuzilgan jamoa tashkiloti hisoblanadi.

1.2. Tashkilot bolalarning ixtiyoriy ravishda uyushgan,mustaqil,demokratik qoidalari asosida faoliyat ko’rsatadigan ommaviy tashkilotdir.

1.3. Tashkilot o’z ishini O’zbekiston Respublikasi "Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati homiyligida amalga oshiradi.

1.4. Tashkilot o’z faoliyatini O’zbekiston Respublikasi qonunchigi,”Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Nizomi, bolalar huquqlari haqida Xalqaro konvensiya hamda ushbu Nizomga muvofiq Respublikaning barcha hududlarida, mehribonlik uylarida doimiy va yozgi sog’lomlashtirish oromgohlarida (mavsumiy) amalga oshiradi.

1.5. Tashkilot o’z ish jarayonida Respublikada va xalqaro miqyosdagi jamoat tashkilotlari, bolalar birlashmalari, respublika vazirliklari, davlat va nodavlat tashkilotlari bilan aloqalar o’rnatish va ularning imkoniyatlaridan keng foydalanish huquqiga ega.

1.6. Tashkilot rayosati yuridik shaxs maqomiga hamda tashkilot nomi va ramziy belgisi aks ettirgan muhrga, bank hisob raqamlariga ega bo’ladi.

1.7. Tashkilotning bosh shiori: " Vatan, do’stlik va xalqparvarlik uchun!”.

 

KAMALAK FAOLLARI

Jumaboyeva Lobar. Maktabning 6-sinfida o’qiydi. Sinfning eng faol o’quvchilaridan biri, sinfdoshlari orasida hurmat-e’tiborga ega. "Kamalak” bolalar tashkiloti "Mehr-sahovat” yo’nalishi sardori. Ingliz tili, ona tili va adabiyoti,matematika fanlariga qiziqadi. Bo’sh vaqtlarida ingliz tilini o’rganish va she’r yozish bilan shug’ullanib turadi. Bundan tashqari darsdan bo’sh paytlarida tengdoshlari hamda boshlang’ich sinf o’quvchilari bilan birgalikda "Muruvvat ko’ngillilari” deb nomlangan to’garak ishini boshqarib bormoqda. Bu ishlari orqali u o’quvchilarni kam ta’minlangan oila farzandlari, yakka tartibda uyda ta’lim oluvchi o’quvchilar bilan ishlash keksa va nafaqadagi faxriylar holidan xabar olishga undamoqda

                                                     

Tengdoshlar ijodidan

Gulzoringda bir gulman Vatan.

Bag’ring kengdir xuddi bir dunyo

Oddiy ko’ling men uchun samo

Ta’riflolmas qalamim boringcha aslo


Gulzoringda bir gulman Vatan

Maftun bo’lgan bir gulman Vatan

Ta’riflashdi qancha shoirlar

"Ona Vatan” deb atadilar


Ta’riflardan to’lmadi ko’nglim

Dedim: "Gulzorsan Vatan”

Gulzoringda bir gulman Vatan.

Vatan borki dunyo barhayot


Vatan bo’lsa olam ham obod

Vatansizning umridir xarob

Gulzoringda bir gulman Vatan

Maftun bo’lgan bulbulman Vatan.


Jumaboyeva Madina 41-maktabning 6-sinf o’quvchisi Kamalak bilimdoni.

 

 

O’tgan sondagi savollar javoblari

1. Alisher Navoining " Lison ut-tayr” asaridagi hikoyalar qaysi qush tilidan so’zlangan?

J: Xud-xud

2. XV asrda sharq va g’arbda ikkita sher na’ra tortdi. Ular kimlar?

JA.Navoiy va Leonardo da Vinchi

3. Zahriddin Muhammad Boburga yoshligida jasur va dovyurak bo’lgani uchun kim Bobur, ya’ni dovyurak laqabini bergan?

J:Xoja Axrori Valiy

Ushbu sondagi savollar quyidagicha:

1. "Kamolot” va "Kamalak” ga necha yoshdan a’zo bo’lish mumkin?

2. Rayosat nima?

O’YLA,IZLA,TOP!

1. Dunyoni hayratga solgan yirik davlat va madaniyat arbobi, mohir sarkarda,donishmand tarixchi,zakovatli olim va tarjimon. Ayni paytda u adabiyotimizning Navoiydan keyingi zabardast vakili.Bu qaysi olim?

2. "Zulqarnayn” so’zining ma’nosi nima?

3. Hamma tomonlari teng bo’lgan parallelogram nima deb ataladi?

4. Hamma tomonlari teng bo’lgan to’g’ri to’rtburchak nima deb ataladi?

5. Qozog’iston poytaxti qaysi shahar?

6. Tojikiston poytaxti qaysi shahar?

7. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qachon qabul qilingan?

8. "O’zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi to’g’risida”gi qonun qachon qabul qilingan?

9. Kакая птица изображена на гербе Узбекистана?

10. Как называется самая высокая гора на земле?

11. Odamzod qadri,uning erkinligi va qobiliyatlarining har tomonlama namoyon bo’lishi uchun kurashish,kishilarning baxt-saodati,teng huquqliligi,adolatli hayotini ta’min etishga intilishini ifodalaydigan g’oya va qarashlar tizimiga nima deb ataladi?

12. Tili, dini, e’tiqodidan q’ati nazar,har qaysi odamning tom ma’nodagi erkin inson bo’lib yashashiga qarshi qaratilgan,uning aynan ruhiy dunyosini izdan chiqarish maqsadini ko’zda tutadigan mafkuraviy,g’oyaviy va informatsion xurujlarga nima deb ataladi?

13. Qulog’i oyog’ida joylashgan hashorot qaysi?

14. Eng kichik gulli o’simlik qaysi?

Kalit so'zlar:
Maktabimiz faxrimiz
Gurlan tumanidagi 41-son U.O`.T. maktabi.

Ko'p o'qilgan

Декабрь 2024 (3)
Ноябрь 2024 (1)
Октябрь 2024 (4)
Июнь 2024 (1)
Октябрь 2023 (2)
Сентябрь 2023 (2)

So'rovnoma

Qaysi fanlarga ko'proq qiziqarli? [?]