gurlan41.uz

«Kuch bilim va tafakkurda.»
I. A. Karimov

Dono bilimdonlari

MMIBDO` B. Kenjayev o`z fikrlarini bildirdi. Avvalo “Dono nashriyoti” jurnallari Dono word, Bilimdon, Знайка, Excellent ga o`quvchilar tomonidan obuna bo`lishga qiziqish yaxshi bo`lganligi va maktab o`quvchilaridan 29 nafari obuna bo`lganligi, ko`rik-tanlov shartlari sinf rahbarlariga yetkazilib shu asosda 13 oktabr kuni boshlang`ich sinf o`quvchilari o`rtasida bellashuv tashkil qilinganligi va unda 1-sinf 31, 2-sinf 32, 3-sinf 24, 4-sinf 24 ball to`plaganligi, 17 oktabr kuni 5a, 5b va 6 sinf o`quvchilari o`rtasida o`tkazilgan bellashuvda 5a sinf 24, 5b sinf 35, 6 sinf 26 ball to`plaganligi, 19 oktabr kuni 7,8,9 –sinf o`quvchilari o`rtasida o`tkazilgan bellashuvda sinflar 52 balldan to`plaganligi, 22 oktabr kuni 10,11 sinf o`quvchilari o`rtasida o`tkazilgan bellashuvda 11 sinf 51 ball, 10 sinf 88 ball to`plagani ma’lum qilindi. Bellashuvda har sinfdan 5 nafardan, jami 60 nafar o`quvchi qatnashganligi mamnuniyat bilan ta’kidlandi. Shuningdek bellashuvda eng yuqori ball top`lagan 10 sinf o`quvchilar jamoasi bellashuvning tuman bosqichida qatnashishi bildirildi. Ona tili va adabiyoti fani o`qituvchisi M. Xayitboyeva bellashuvlarning murasasiz bo`lganligi va 10 sinf jamoasi tuman bosqichida shu tarkib bilan qatnashsa, maktabimiz sharafini munosib himoya qilishini ta’kidladi.
Maktabning ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi M. Masharipova “Dono nashriyoti” tomonidan ilmiy-uslubiy, ma’naviy-ma’rifiy, adabiy-badiiy nashrlarni o‘quvchilar orasida targ‘ib qilish maqsadida o‘tkazilayotgan ko‘rik-tanlovda o‘quvchilarimiz faol ishtirok etdi deb ta’kidlab o‘tdi.
Maktabda o‘tkazilgan bellashuvda faol ishtirok etgan Boboxo`jayeva Lobar, Masharipova Sabina, O`rozboyeva Sadoqat, Ataxanova Sevara, Nazarboyeva Zeboxonlardan iborat maktab jamoasi ona tili va adabiyoti fani o`qituvchisi Masharipova Mahfuza tomonidan bellashuv tuman bosqichiga tayyorgarlik ko`rishi va tanlov  tuman bosqichida ishtirokini ta’minlash yetakchi D. Nurmetova, ona tili va adabiyoti fani o`qituvchisi M. Masharipova zimmasiga yuklatildi.

Kalit so'zlar:
Maktabimiz faxrimiz
Gurlan tumanidagi 41-son U.O`.T. maktabi.

Ko'p o'qilgan

Октябрь 2023 (3)
Сентябрь 2023 (2)
Июнь 2023 (1)
Май 2023 (3)
Апрель 2023 (1)
Март 2023 (1)

So'rovnoma

Qaysi fanlarga ko'proq qiziqarli? [?]