gurlan41.uz

«Kuch bilim va tafakkurda.»
I. A. Karimov
banner 240x80px

Yangiliklar :: Asosiy fan olimpiadasi tuman bosqichi g`oliblari taqdirlandilar.

21-11-2025, 18:57
Asosiy fan olimpiadasi tuman bosqichi g'oliblari tuman maktabgacha va maktab bo'limi tomonidan diplomlar bilan taqdirlandilar. Maktabimiz o`quvchilaridan 7 nafari g`oliblar safidan joy olishdi, shulardan 4 nafari 1-o`rin, 3 nafari 2-o`rinni egalladilar. Ismoilov Og`abek (11-sinf, matematika), Aminova Malika (10-sinf, rus tili), Jumaboyeva Fotima (9-sinf, rus tili), Sobirova Xumoroy (9-sinf, informatika) 1-o`rinni egallab 1-darajali diplomlar bilan, Jumaboyeva Mushtariy (11-sinf, rus tili), Qurolova Zuhra (9-sinf, matematika), Xaytboyeva Oltinoy (9-sinf, geografiya) 2-o`rinni egallab 2-darajali diplomlar bilan taqdirlanishdi.


Yangiliklar :: Ha, biz uddaladik.

6-09-2025, 07:52
Ha, biz uddaladik. Men Kenjayev Bahodir va shogirdim Abdullayev Hamidjon mustaqil tayyorgarlik koʻrib SAT xalqaro sertifikatni qoʻlga kiritdik.



Yangiliklar :: Matematika, 2024-2025-o`qish yili, erishilgan yutuq va muvaffaqiyatlar.

19-06-2025, 23:36
2024-2025 - o‘quv yili davomida o‘quvchilarning matematika fanini chuqurroq o`rganishga bo`lgan qiziqishlarini qondirish, ulardagi iqtidor, ijodkorlikni yuzaga chiqarish maqsadida maktabimizda o`quv yili davomida reja asosida olimpiadalar tashkil qilinganligi va ularda g`olib bo`lgan o`quvchilarning e'tirof etilishi, ya'ni taqdirlanishi o`quvchilarda matematika fanini o`rganishga qiziqishni yanada oshirdi. Fan olimpiadasi tuman bosqichida jami 9 ta faxrli o`rindan 5 tasini bizning maktab o`quvchilari egallaganligi, o`quvchilarimizdan 15 nafari turli darajadagi MS sertifikatlari, 1 nafari xalqaro SAT sertifikatini qo`lgan kiritgani o`quvchilarimiz salohiyatidan dalolatdir.


Yangiliklar :: Avval matematika, keyin hammasi

6-05-2025, 21:50
Matematika fanidan ixtisoslashtirilgan 8, 9, 10 – sinflarda joriy yilning 22-25 -aprel kunlari “Avval matematika, keyin hammasi” olimpiadasi o`tkazildi. Olimpiada M.A.Mirzaahmedov, D.A.Sotiboldiyevning “O`quvchilarni matematik olimpiadalarga tayyorlash” qo`llanmasi asosida o`tkazildi.

Yangiliklar :: “Tashabbusli byudjet”ga ovoz berish jarayoni yakunlandi.

23-03-2025, 21:10
“Tashabbusli byudjet”ga ovoz berish jarayoni yakunlandi.

Bugun 2025-yil 1-mavsumi uchun saralashdan o‘tgan loyihalarga ovoz berish bosqichi yakunlandi.
Ushbu jarayonda bizni qoʻllab quvvatlagan barchaga o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz.
Kichkina jamoa bo'lishimizga qaramay 5012 = 5000 + 12 ovoz to'plab bildik.
Yurtimizda ta'limga berilayotgan eʼtiborni nazarda tutib ayta olamizki, biz bu ovoz bilan g'olib deb topilmagan bo'lsakda bizning loyihamizga ham qo'shimcha mablag' ajratiladi.






Назад 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 ... 61 Вперед
...
...
Maktabimiz faxrimiz
Gurlan tumanidagi 41-son U.O`.T. maktabi.

Ko'p o'qilgan

Ноябрь 2025 (1)
Сентябрь 2025 (1)
Июнь 2025 (1)
Май 2025 (1)
Март 2025 (2)
Февраль 2025 (1)

So'rovnoma

Qaysi fanlarga ko'proq qiziqarli? [?]