gurlan41.uz

«Kuch bilim va tafakkurda.»
I. A. Karimov
» » MAKTABIMIZ FAXRI — RESPUBLIKA GʻOLIBI!

MAKTABIMIZ FAXRI — RESPUBLIKA GʻOLIBI!

Bugun poytaxtimizda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan oʻtkazilgan “YILNING ENG YAXSHI TARBIYACHISI — 2026” kasbiy ko‘rik-tanlovining respublika bosqichi g‘oliblarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.
​Biz uchun cheksiz gʻurur va quvonarli joyi shundaki, ushbu nufuzli tanlovda Xorazm viloyati sharafini munosib himoya qilgan maktabimiz 2010-yil bitiruvchisi ("94") Nasiba Maxsud qizi Yo‘ldosheva mutloq gʻalaba qozondi! ????
​???? Nasiba Yoʻldosheva tanlovning eng qiziqarli va mas'uliyatli — “O‘yin orqali bolalarni rivojlantiruvchi ijodkor tarbiyachi” nominatsiyasida Respublika boʻyicha 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi hamda vazirlikning maxsus diplomi va 25 000 000 soʻmlik pul mukofoti bilan taqdirlandi!
​✨ Maktabimiz bagʻridan yetishib chiqib, bugun yurt miqyosida oʻz mahoratini koʻrsatgan, jajjigina bolajonlar tarbiyasiga oʻzining ulkan hissasini qoʻshayotgan Nasiba qizimizni, uning oila a'zolarini va barcha ustozlarini ushbu yuksak muvaffaqiyat bilan samimiy muborakbod etamiz!
Maktabimiz sening muvaffaqiyating bilan faxrlanadi, Nasiba! Kelgusi sharafli faoliyatingda ham zafarlar yor boʻlsin!

Kalit so'zlar:
Maktabimiz faxrimiz
Gurlan tumanidagi 41-son U.O`.T. maktabi.

Ko'p o'qilgan

Август 2026 (1)
Июль 2026 (1)
Июнь 2026 (4)
Май 2026 (11)
Апрель 2026 (2)
Март 2026 (6)

So'rovnoma

Qaysi fanlarga ko'proq qiziqarli? [?]