2020-2021- o`quv yili mobaynida 6 ta sinov olimpiadalar, Qo`qon olimpiadasi saralash bosqichi, Al Xorazmiy olimpiadasi saralash bosqichi, "Qizlar matematika olimpiadasi", "Yigitlar matematika olimpiadasi" o`tkazildi. G`olib o`quvchilar maktab faxriy va maqtov yorliqlari, sovg`alar bilan taqdirlanishdi. O`quv yili boshida OTM larga kirish test sinovlarida qatnashgan o`quvchilarimizning ham matematika bo`yicha natijalari quvonarli bo`ldi. Jumladan Boboxo`jayeva Lobar 30 tadan 30 ta, Kenjayeva Shahrizoda 29 ta, va boshqa o`quvchilar natijalari ham OTM talabasi bo`lishi uchun yetarli bo`ldi. Umuman maktabimizning 26 nafar bitiruvchisidan 10 nafari talabalik baxtiga musharraf bo`ldi. Al Xorazmiy olimpiadasi tuman bosqichida 7-sinf o`quvchisi O`razmetov Jo`rabek, Qo`qon olimpiadasi tuman bosqichida 7-sinf o`quvchisi Yangiboyev Bunyodbek g`oliblar safidan joy olishdi va ushbu olimpiadalar viloyat bosqichida ishtirok qildilar. Urganch Davlat Universiteti tomonidan o`tkazilgan onlayn olimpiada A (5,6-sinf) guruhida shu kungacha bo`lgan natijalarga ko`ra eng yuqori ball to`plab turgan 12 nafar o`quvchidan 7 nafari: 5-sinf o`quvchisi O`razmetov Mirjalol, 6-sinf o`quvchilari Ismoilov Og`abek, Yangiboyev Shohruz, Yangiboyev Ne'matjon, Otaxanov Javohir, Aminboyeva Durdona, Atajanova Zuhra; B (7,8-sinf) guruhida 11 nafar o`quvchidan 7 nafari: 8-sinf o`quvchisi Raximboyeva Shodiya, 7-sinf o`quvchilari Yangiboyev Bunyod, Amanboyev Odilbek, Tursunboyev Sanjarbek, Nazarboyev Otanazar, Davlatboyev Azizbek, O`razmetov Jo`rabek lar bizning maktab o`quvchilari ekanligi quvonarli holdir. O`ylaymizki bu o`quvchilarimiz onlayn olimpiada yakuniy natijalariga ko`ra ham g`oliblar safidan joy olib URDU da o`tkaziladigan offlayn olimpiadaada qatnashadilar.

