gurlan41.uz

«Kuch bilim va tafakkurda.»
I. A. Karimov
» » O`zbekiston Qizlar Onlayn Matematika Olimpiadasi

O`zbekiston Qizlar Onlayn Matematika Olimpiadasi

O`zbekiston Milliy Universiteti matematika fakulteti, O`quvchilarni Xalqaro olimpiadalarga tayyorlash KHISO o`quv markazi, "Sardor Bazaboyev" iqtidorli o`quvchilar uchun maxsus telegramm kanal tomonidan O`zbekiston Qizlar Onlayn Matematika Olimpiadasi 2020 yilning 7-mart kuni o`tkazildi. Olimpiadada respublikamizning 1500 yaqin o`quvchi qizlari, abituriyent va ayol ustozlar ishtirok etishdi. Olimpiada 2-3-sinf, 4-5-sinf, 6-7-sinf, 8-9-sinf va 10-11-sinf, abituriyent, ayol ustozlar toifalari bo`yicha o`tkazildi. Bu olimpiadada maktabimiz qizlari ham faol ishtirok etishdi. Jumladan 11-sinf o`quvchisi Boboxo`jayeva Lobar I darajali, matematika fani o`qituvchisi O`ralova Maqsuda III darajali diplom bilan taqdirlanishdi. Shuningdek 11-sinf o`quvchisi Kenjayeva Shahrizoda, 4-sinf o`quvchisi Madrimova Maftuna, 2-sinf o`quvchilari Sobirova Sevinchoy, Gulmirzayeva Mushtariy, Kolmilova E'zoza faol ishtiroki uchun sertifikat bilan taqdirlanishdi. 

Kalit so'zlar:
Maktabimiz faxrimiz
Gurlan tumanidagi 41-son U.O`.T. maktabi.

Ko'p o'qilgan

Октябрь 2023 (3)
Сентябрь 2023 (2)
Июнь 2023 (1)
Май 2023 (3)
Апрель 2023 (1)
Март 2023 (1)

So'rovnoma

Qaysi fanlarga ko'proq qiziqarli? [?]