gurlan41.uz

«Kuch bilim va tafakkurda.»
I. A. Karimov
» » Mart oyi - tabiiy fanlar oyligi

Mart oyi - tabiiy fanlar oyligi

Maktabimizda 4 mart kuni "Mart oyi- tabiiy fanlar oyligi" munosabati bilan hududiy seminar o`tkazildi. Shu kuni barcha sinflarda dars mashg`ulotlari "Ochiq" deb e'lon qilindi. TXTB metodisti Fazilat Matyakubova yaqin hududda joylashgan biologiya, fizika, kimyo ustozlari tashrif buyurdilar va ochiq darslarda, tadbirlarda ishtirok etishdi. Seminar doirasida Yangiobod, Guliston. Zarbdor, Namuna hududlarida joylashgan maktab o`quvchilari o`rtasida "Fizikada olam mujassam" mavzusida rasm tanlovi o`tkazildi. Unda maktabimiz 6-sinf o`quvchisi Gulmirzayeva Dilnoza faxrli I-o`rinni egalladi va TXTB ning faxriy yorlig`i bilan taqdirlandi. Biologiya fani o`qituvchisi Hurmat Jumaniyazov tomonidan tayyorlangan tadbir seminar ishtirokchilarida chuqur taassurot qoldirdi. Unda 7- va 8-sinf o`quvchilari o`rtasida "O`yla, izla, top !" musobaqasi o`tkazildi. Musobaqada faol ishtirok etgan o`quvchilar maktab faxriy yorliqlari bilan taqdirlandilar.

Kalit so'zlar:
Maktabimiz faxrimiz
Gurlan tumanidagi 41-son U.O`.T. maktabi.

Ko'p o'qilgan

Октябрь 2023 (3)
Сентябрь 2023 (2)
Июнь 2023 (1)
Май 2023 (3)
Апрель 2023 (1)
Март 2023 (1)

So'rovnoma

Qaysi fanlarga ko'proq qiziqarli? [?]