gurlan41.uz

«Kuch bilim va tafakkurda.»
I. A. Karimov

Alifbe bayrami

Savodxonmiz endi bizlar
Yosh avlodning o`qib, harf tanishida muallimlarning o`rni beqiyosdir. Buning uchun o’qituvchilar ancha mehnat va mashaqqat qiladilar.
Maktabimizda 2017-yil 23-dekabr kuni 1-sinf o`quvchilarining “Biz ham savodxon bo`lib qoldik” mavzusida tadbiri tashkil qilindi. Tadbirda 15nafar o`qituvchi va 219 nafar o`quvchi qatnashdi. Tadbir jarayonida 1-sinf o`quvchilari alifbe haqida, vatan haqida , ota-onalar haqida she`rlar aytib, qo`shiqlar kuylashdi. 4-sinf o`quvchilari “Alifbe”, “O`qish” , “Ona tili” , “Ingliz tili” kitoblari bo`lib she`rlar aytishdilar. O’quvchilarning bayramga kelgan onalari , buvilari tadbir haqida ,bolalarining savodxon bo’lganligidan quvonib gapirdilar. Qorbobo va qorqiz bolalarga sovg`alar ulashdilar. Tadbir ko’tarinki ruhda o’tdi. Tanlovlarda faol qatnashib, g`olib bo`lgan o`quvchilar maktab faxriy yorliqlari bilan taqdirlandilar.

Matmuratova Saida, boshlang`ich ta'lim o`qituvchisi, 1-sinf rahbari

Kalit so'zlar:
Maktabimiz faxrimiz
Gurlan tumanidagi 41-son U.O`.T. maktabi.

Ko'p o'qilgan

Октябрь 2023 (3)
Сентябрь 2023 (2)
Июнь 2023 (1)
Май 2023 (3)
Апрель 2023 (1)
Март 2023 (1)

So'rovnoma

Qaysi fanlarga ko'proq qiziqarli? [?]